35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi A.Maxammatov hamda tuman hokimining qurilish masalalari bo‘yicha bosh mutaxassisi ishtirokida 4-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabidagi mavjud sharoitlar o‘rganildi.
янв.21
Aslida, mustaqillikning dastlabki yutug‘i milliy o‘zlikni anglashning tiklanishi bo‘ldi. Til, din, tarixiy xotira va milliy qadriyatlarning qaytarilishi insonlarda o‘z kuchiga, o‘z kelajagiga bo‘lgan ishonchni uyg‘otdi.
янв.21
O‘rganish davomida qarorda belgilangan vazifalarning amalda bajarilishi, hududda amalga oshirilgan ishlar va mavjud muammolar ko‘zdan kechirildi.
янв.21
Xalq deputatalari Payariq tumani Kengashi deputati tomonidan "Payariq tumani Elektr tarmoqlari korxonasi boshlig‘i Sh.Burxonovga deputatlik so'rovi yuborildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 2-Dehqonobod saylov okrugidan saylangan deputati S.Maxkamov tomonidan Dehqonobod mahallasida fuqarolar murojaati asosida ichki yo‘llarning holati o‘rganildi.
янв.21
Payariq tumani hokimi, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Sh.Xudayberdiyev tegishli soha mas’ullari bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-oktabrdagi PQ–298-son qarori ijrosi doirasida “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” maqomi uchun tanlab olingan Choshtepa mahallasida o‘rganish ishlarini olib bordi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi A.Maxammatov tomonidan hududda amalga oshirilayotgan dastur ijrosi o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatalari Payariq tumani Kengashi deputati tomonidan tuman Tuman hokimligi Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i F.Uktamovga deputatlik so'rovi yuborildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 2-Dehqonobod saylov okrugidan saylangan deputati S.Maxkamov tomonidan 54-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining yangi o‘quv yilida o'quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining 10-Darvishiq saylov okrugidan saylangan deputati A.Maxammatov tomonidan “Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, O‘RQ–581-son, 2019-yil 7-noyabrda qabul qilingan Qonunning mazmun-mohiyati o‘rganildi.
TIBBIY XIZMAT SIFATI VA BEMORLAR UCHUN YARATILGAN SHAROITLAR DEPUTATLAR E’TIBORIDA

#Deputatlik_nazorati #24_ta_tavsiyaviy_savol #Deputat_daftari #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️TIBBIY XIZMAT SIFATI VA BEMORLAR UCHUN YARATILGAN SHAROITLAR DEPUTATLAR E’TIBORIDA

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Sevara Fayziyeva “Shirinobod” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi bilan birgalikda Yashnobod tumanidagi 2-son shahar klinik shifoxonasida bo‘lib, muassasada aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar va yaratilgan sharoitlarni o‘rgandi.

🔎 O‘rganish davomida bemorlarga davolash va reabilitatsiya yordamini ko‘rsatish jarayoni, shifoxonaning moddiy-texnik bazasi, tibbiy kadrlar bilan ta’minlanganligi, shuningdek, kuz-qish va isitish mavsumiga tayyorgarlik holatiga alohida e’tibor qaratildi. Shifoxona bosh shifokori U. Ro‘ziyev muassasa faoliyati va amalga oshirilayotgan ishlar haqida deputatlarga batafsil ma’lumot berdi.

🩺 2-son shahar klinik shifoxonasi 150 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, bu yerda terapiya, nevrologiya va kardiologiya bo‘limlari faoliyat yuritadi. Shuningdek, fizioterapiya bo‘limida bemorlarning tiklanishi va reabilitatsiyasi uchun zarur muolajalar amalga oshirilmoqda.

♨️ Sevara Fayziyeva shifoxonaning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligiga ham alohida e’tibor qaratdi. Muassasada zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan mahalliy qozonxona mavjud bo‘lib, u shifoxonani isitish va issiq suv bilan ta’minlaydi. Isitish mavsumida tizimning uzluksiz ishlashini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilgan tayyorgarlik ishlari ko‘zdan kechirildi.

🏗 O‘rganish jarayonida shifoxonaning 2026-yil uchun respublika investitsiya dasturiga kiritilgani ham qayd etildi. Dastur doirasida Sog‘liqni saqlash vazirligi mablag‘lari hisobidan laboratoriya binosini to‘liq rekonstruksiya qilish va zamonaviy laboratoriya uskunalari bilan jihozlash rejalashtirilgan. Mazkur loyiha diagnostik tekshiruvlarning sifati va tezkorligini yanada oshirishga xizmat qilishi kutilmoqda.

👨‍⚕️ Shifoxonaning tibbiy kadrlar bilan ta’minlanganligi ham o‘rganildi. Hozirda muassasa tibbiy mutaxassislar bilan to‘liq ta’minlangan bo‘lib, joriy yilning o‘zida Toshkent tibbiyot akademiyasining 3 nafar bitiruvchisi — 1 nafar kardiolog va 2 nafar nevrolog shifokor ishga qabul qilingan.

🛠 Bemorlar uchun munosib sharoit yaratish borasida amalga oshirilgan ishlar bilan ham tanishildi. Shifoxona uch yil davomida “Tashabbusli budjet” dasturlarida g‘olib bo‘lgan. Jalb qilingan mablag‘lar hisobidan fizioterapiya bo‘limida joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirilib, oshxona xonalari belgilangan sanitariya talablariga muvofiqlashtirilgan.

💡 Mazkur o‘rganish mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlaridan biri — aholiga o‘z vaqtida va sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holatini bevosita joyiga chiqib o‘rganish bilan hamohangdir. Shu bilan birga, tibbiyot muassasasining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi, isitish va issiq suv ta’minoti, moddiy-texnik bazani mustahkamlash hamda investitsiya loyihalarining ahamiyatiga e’tibor qaratildi.

🤝 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Sevara Fayziyeva aholi salomatligini muhofaza qilish, tibbiy xizmatlar sifati va qulayligini oshirish, shuningdek, bemorlar uchun yaratilayotgan sharoitlarni joyiga chiqib o‘rganish deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan ekanini qayd etdi.

✅ O‘rganish yakunida shifoxonada davolash va reabilitatsiya xizmatlarini yanada takomillashtirish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda tibbiy xizmat sifatini izchil oshirib borish muhimligi ta’kidlandi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 10