SAYLOVCHILAR BILAN OCHIQ MULOQOT
Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi deputati O.Aliqulov tomonidan Shodlik mahallasi yettiligi hamda saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida mahalladagi mavjud muammolar, fuqarolarni qiynayotgan masalalar hamda hududni yanada obod qilish bo‘yicha takliflar tinglandi. Saylovchilar tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar deputat tomonidan qayd etilib, ularni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilishi belgilandi.
Bunday uchrashuvlar fuqarolar murojaatlarini bevosita o‘rganish, muammolarga yechim topish va deputatlik nazoratini kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.