Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi deputati, O‘zbekiston XDP a’zosi Shoxzoda Kurbanova “Alpomish” mahallasida 24 ta savolnoma asosida o‘rganish ishlarini olib bordi.
O‘rganishda deputat tomonidan aniqlangan muammo va kamchiliklar ko‘chama-ko‘cha yurish daftariga qayd etilib, mutasaddi tashkilot vakillariga yetkazildi va yechimi bo‘yicha nazoratga olindi.
Shuningdek, deputat mahalla infratuzilmasini yanada yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlar rejasiga qo‘shimcha qilinadigan ishlarni kiritish yuzasidan o‘z tavsiyalarini berdi.
Ushbu o'rganishda xalq deputatlari Mirzo Ulug'bek tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Gulchexra Azizova ham ishtirok etdi.