35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi raisi A.Tavboyev tomonidan fuqaroning murojaati ko‘rib chiqilib, unda ko‘tarilgan masala yuzasidan tegishli holat o‘rganildi.
янв.21
Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi B.Shakarov tomonidan Fitrat mahallasida hududda amalga oshirilgan ishlar va mavjud holat ko‘zdan kechirildi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish” yilida ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha islohotlar dasturlari va “O‘zbekiston-2030” strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha davlat dasturi to‘g‘risida”gi PF-22-sonli Farmoni ijrosi bo‘yicha tumanda amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan tuman hokimining o‘rinbosari E.Mamadiyorovning hisoboti muhokama qilindi
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 31-sessiyasida Kengash huzuridagi “Yoshlar maslahat guruhi” a’zolari ham ishtirok etib, sessiya jarayonlarini kuzatdilar.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi sessiyasi ishida ovozlarni hisoblash, ovoz berish natijalarini aniqlash hamda nizoli masalalarni hal etish maqsadida deputatlar orasidan sanoq komissiyasi tuzildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining YouTube kanalida deputatlar faoliyatiga oid eng so‘nggi yangiliklar va lavhalarni kuzatib boring!
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining tegishli doimiy komissiyasi raisi o‘rinbosari Sh.Mirzakulov tomonidan Kengash qarori ijrosi doirasida “Ochiq budjet” tashabbusi asosida amalga oshirilayotgan ta’mirlash ishlari o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi sessiyasida sessiya kotibi etib 17-Tomoyrot saylov okrugidan saylangan deputat Xudayberdiyeva Xusniya Buriboyevna nomzodi taklif etildi va deputatlar tomonidan tasdiqlandi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining navbatdagi o‘ttiz birinchi sessiyasi o‘z ishini boshladi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi kotibi N.Ochilova hamda tuman hokimining o‘rinbosari bosh mutaxassisi A.Begaydarov tomonidan hududdagi transformatorlarning kuz-qish mavsumida barqaror va xavfsiz ishlashga tayyorgarlik holati ko‘rib chiqildi.
EKOLOGIK NAZORAT MASALALARI MUHOKAMA QILINDI

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishni doimiy komissiya raisi Z.Domilayev olib bordi. Unda Kengash kotibiyat mudiri A.Ermatov, ekspert-maslahat guruhi a’zolari Z.Yakubova, S.Toshpo‘latov, doimiy komissiya a’zolari hamda mas’ul tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.

Kun tartibidagi asosiy masala — Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi sohasidagi nazorat bo‘yicha Marg‘ilon shahar bo‘limining amalga oshirgan ishlari yuzasidan hisobotini eshitish bo‘ldi. Hisobotni bo‘lim boshlig‘i N. G‘ulomov taqdim etdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, shahardagi 50 ta mahallada chiqindilarni yig‘ish va olib chiqish xizmatlarini 3 ta xususiy sanitariya korxonasi amalga oshirmoqda. Shaharda 12 ta chiqindi yig‘ish maydonchasi va 134 ta konteyner tashkil etilgan.

Noqonuniy chiqindi tashlash holatlari bo‘yicha o‘tkazilgan reydlar davomida huquqbuzarliklar aniqlanib, jami 65 million 920 ming so‘m miqdorida ma’muriy jarimalar undirilgan.

Yig‘ilishda daraxt va butalarni muhofaza qilish masalasiga ham e’tibor qaratildi. Shaharda o‘tkazilgan xatlov natijasida 2 490 tup daraxt hisobga olingan. Hisobot davrida daraxtlarni noqonuniy kesish holatlari yuzasidan tegishli ma’muriy choralar ko‘rilib, 132 million so‘m miqdorida zarar hisoblangan.

Shuningdek, 2026-yil bahorgi mavsumida Marg‘ilon shahrida 96 ming 500 tup mevali va manzarali daraxt hamda buta ko‘chatlari ekilib, reja 100 foiz bajarilgani qayd etildi.

Muhokama davomida deputatlar ekologik nazoratni kuchaytirish, chiqindilarni noqonuniy tashlashning oldini olish hamda ekilgan daraxt va ko‘chatlarni asrash va parvarishlash bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berdi.

Yig‘ilish yakunida ekologik barqarorlikni ta’minlash va atrof-muhit muhofazasiga qaratilgan ishlarni izchil davom ettirish bo‘yicha vazifalar belgilandi.

Slide 1 of 7