35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Qishloq xo‘jaligida sug‘oriladigan maydonlardan yanada samarali foydalanish, foydalanishdan chiqqan yerlarni qayta foydalanishga kiritish hamda sug‘oriladigan yerlarning qishloq xo‘jaligi oborotidan chiqib ketishining sabablarini aniqlash va oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha tumanda amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida tuman hokimining o‘rinbosari M.Alibekovning hisoboti muhokama qilindi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining navbatdagi 31-sessiyasida viloyat Kengashi deputatlari Nurmatova Nilufar Ziyadullayevna hamda Norboyeva Sohiba Otakulovnalar ishtirok etishdilar.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi sessiyasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi PF-22-sonli Farmoni ijrosi bo‘yicha tumanda amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan tuman hokimi o‘rinbosari E.Mamadiyorovning hisoboti muhokama qilindi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi sessiyasida 12-Yangiobod saylov okrugi deputati N.Parmanova tomonidan maktabgacha ta’lim tashkilotlarini “Ilk qadam” dasturi doirasida zarur jihozlar bilan ta’minlash masalasi ko‘tarildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi sessiyasida Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi B.Shakarov tomonidan tumandagi 32-maktab va 36 -maktabgacha ta’lim tashkilotida suv ta’minoti hamda elektr energiyasi bilan bog‘liq muammolar mavjudligi yuzasidan masala ko‘tarildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov tomonidan Javshar ota mahallasida hokim yordamchisi bilan uchrashib, hududda aholini qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash va daromadini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
янв.21
Tuman hokimining o‘rinbosari E.Mamadiyorovning hisoboti yuzasidan savol berildi
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 10-Darvishiq saylov okrugidan saylangan deputati A.Maxammatov tomonidan fuqaroga oilaviy tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish va mavjud imkoniyatlardan foydalanish bo‘yicha tushuncha berildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 10-Darvishiq saylov okrugidan saylangan deputati A.Maxammatov tomonidan navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi rahbarining aholini doimiy va vaqtincha bandlikka jalb etish, kasb-hunarga o‘qitish va qayta tayyorlash, shuningdek, kambag‘al va ishsiz fuqarolarni bandlikka yo‘naltirish borasidagi faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi B.Shakarov hamda tuman hokimligi qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limi bosh mutaxassisi J.Bekanov tomonidan Farovon mahallasidagi yo‘lda olib borilayotgan qurilish ishlari o‘rganildi.
Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi kotibiyati xodimlari ishtirokida navbatdagi ishchi yig‘ilish o‘tkazildi.
#haftalik_ishlar_muhokamasi

Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi kotibiyati xodimlari ishtirokida navbatdagi ishchi yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda 2026-yil 2–4-sentabr kunlariga mo‘ljallangan ish reja muhokama qilinib, mazkur davrda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar, tashkiliy tadbirlar hamda deputatlik faoliyatiga oid masalalar atroflicha ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, deputatlik so‘rovlari va topshiriqlar ijrosini ta’minlash, doimiy komissiyalar faoliyatini samarali tashkil etish hamda boshqa dolzarb masalalar yuzasidan mas’ul xodimlarga tegishli topshiriqlar berildi.

Yig‘ilish yakunida 2–4-sentabr kunlari amalga oshiriladigan ishlarning ijrosini qat’iy nazoratga olish, belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish yuzasidan kelishib olindi.

Xalq deputatlari
Kogon shahar Kengashi
axborot xizmati
Telegram . Instagram . Facebook . Youtube . E-kengash