MUSTAQILLIGIMIZNING 35 YILLIGI MUNOSABATI BILAN PASTDARG‘OM TUMANI KENGASHI DEPUTATLARI E’TIROF ETILDI
🎉 Pastdarg‘om tumanida Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.
🏅 Tadbir davomida xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining bir guruh faol va fidoyi deputatlariga “Mustaqilligimizning 35 yilligi” esdalik ko‘krak nishoni tantanali ravishda topshirildi.
🤝 Yuksak e’tirofni tuman hokimi Pardayev Jamshid Arziyevich topshirdi.
👏 Mukofotlangan deputatlarning hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi farovonligini oshirish, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash va amalga oshirilayotgan islohotlarda faol ishtiroki alohida e’tirof etildi.
🇺🇿 Mustaqillik — xalqimizning bebaho ne’mati, tinchlik va taraqqiyotimizning mustahkam poydevoridir!
✨ Mukofotlangan deputatlarni ushbu yuksak e’tirof bilan muborakbod etamiz!