SESSIYAOLDI O‘RGANISH: 64-MAKTABNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining navbatdagi sessiyasiga kiritilgan kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati masalasi yuzasidan sessiyaoldi o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
🔎 Shu doirada deputat M.Altibayeva tomonidan Buyuk Turon mahallasidagi 64-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining 2026/2027-o‘quv yiliga hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi.
🔥 O‘rganish davomida maktabning isitish tizimi, bino va infratuzilmasining mavsumga tayyorgarligi hamda o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi.
📌 Aniqlangan holatlar sessiyada muhokama qilish uchun tahlil qilinib, zarur choralar yuzasidan takliflar shakllantiriladi.