35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati M.Nurmanova tomonidan tuman Yo‘llardan foydalanish UK direktori A.Ashurovga deputatlik so‘rovi yuborildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati Ochilova Nazakat Yo'ldoshovna tomonidan yuborilgan deputatlik so‘roviga “Samarqand suv ta’minot” AJ Payariq tumani filiali boshligʻi J.Abdullayevdan javob taqdim etildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi tomonidan hududlarda obodonlashtirish va infratuzilmani yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlarning borishi o‘rganilmoqda.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi raisi A.Tavboyev tuman Adliya bo‘limiga qarashli Davlat xizmatlari markazida bo‘lib, markaz faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi M.Nurmanova, tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i G.Israilova hamda mahalladagi xotin-qizlar faoli ishtirokida xotin-qizlar bilan ishlash yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 18-O‘rtasaydov saylov okrugidan saylangan deputati L.Djamolova tomonidan hududdagi ichki yo‘lni ta’mirlash va asfaltlashtirish jarayonlari ko‘zdan kechirildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 23-Pong saylov okrugidan saylangan deputati M.Nurmanova tomonidan Xo‘ja Ismoil mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaroning ishga joylashish masalasida amaliy yordam so‘rab qilgan murojaati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi S.Maxkamov tomonidan navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish va manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining 10-Darvishiq saylov okrugidan saylangan deputati A.Maxammatov hamda tuman Kengashi kotibiyati mudiri J. Axunov tomonidan Javshar ota mahallasida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer maydonlaridan samarali foydalanish holati o‘rganildi.
Mustaqillikning 35 yilligi: Termiz shahrida bog‘chalar rivoji, qamrov va ta’lim sifati debat markazida

📚 Bugungi bog‘cha — ertangi ta’lim poydevori!
O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan mamlakatimizda barcha sohalarda amalga oshirilgan islohotlar va erishilgan ijobiy natijalarni keng yoritishga qaratilgan Media-reja ijrosi doirasida Termiz shahrida maktabgacha ta’lim tizimiga bag‘ishlangan ochiq va qizg‘in muloqot tashkil etildi.

🏢 Termiz shahridagi 12-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputati G.Xudoyqulova tashabbusi bilan “Termiz shahrida maktabgacha ta’lim tizimining rivojlanishi: yangi bog‘chalar, davlat-xususiy sheriklik va qamrov ko‘rsatkichlari” mavzusida doiraviy debat va ochiq muloqot o‘tkazildi.

Bugungi bog‘cha — ertangi ta’lim poydevori!

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan mamlakatimizda barcha sohalarda amalga oshirilgan islohotlar va erishilgan ijobiy natijalarni keng yoritishga qaratilgan Media-reja ijrosi doirasida Termiz shahrida maktabgacha ta’lim tizimiga bag‘ishlangan ochiq va qizg‘in muloqot tashkil etildi.

🏢 Termiz shahridagi 12-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputati G.Xudoyqulova tashabbusi bilan:

🔹 “Termiz shahrida maktabgacha ta’lim tizimining rivojlanishi: yangi bog‘chalar, davlat-xususiy sheriklik va qamrov ko‘rsatkichlari” mavzusida doiraviy debat va ochiq muloqot o‘tkazildi.

📌 Tadbirning asosiy mavzusi:

🔹 “Termiz shahrida maktabgacha ta’lim tizimining rivojlanishi: yangi bog‘chalar, davlat-xususiy sheriklik va qamrov ko‘rsatkichlari”

🎯 Muloqotning asosiy maqsadi

Tadbirning asosiy maqsadi — Termiz shahrida maktabgacha ta’lim tizimining bugungi holatini atroflicha tahlil qilish, yangi maktabgacha ta’lim tashkilotlarini barpo etish, davlat-xususiy sheriklik (DXSH) mexanizmlaridan samarali foydalanish hamda bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish ko‘rsatkichlarini yanada oshirish bo‘yicha aniq taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat bo‘ldi.

👥 Keng jamoatchilik ishtirokida ochiq muloqot

Tadbirda soha vakillari va keng jamoatchilik vakillari faol ishtirok etib, maktabgacha ta’lim tizimining rivoji bilan bog‘liq masalalar yuzasidan o‘z fikr va takliflarini bildirdilar.

Jumladan, muloqotda:

🔹 Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputatlari;

🔹 Termiz shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mas’ullari;

🔹 davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlari;

🔹 tadbirkorlar va investorlar;

🔹 mahalla faollari;

🔹 ota-onalar va yoshlar;

🔹 OAV hamda ijtimoiy tarmoq faollari иштирок этдилар.

🔍 Debatda qaysi masalalar muhokama qilindi?

Debat davomida mustaqillik yillarida mamlakatimizda maktabgacha ta’lim sohasida amalga oshirilgan tub islohotlar va ularning amaliy natijalari tahlil qilindi.

Xususan:

📌 yangi va zamonaviy maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish;

📌 mavjud bog‘chalarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash;

📌 bolalar uchun zamonaviy va qulay ta’lim-tarbiya sharoitlarini yaratish;

📌 maktabgacha ta’lim bilan qamrov darajasini oshirish;

📌 davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini kengaytirish;

📌 nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini rivojlantirish;

📌 ta’lim sifati va pedagoglar salohiyatini oshirish;

📌 aholi ehtiyojidan kelib chiqib yangi quvvatlarni tashkil etish kabi masalalar atroflicha muhokama qilindi.

⚔️ Davlat bog‘chasi yoki dxsh? — debatda ikki yondashuv

Muloqotning eng qizg‘in qismi maktabgacha ta’lim qamrovini oshirishda qaysi mexanizmlardan samarali foydalanish masalasiga bag‘ishlandi.

🔵 Birinchi yondashuv — davlat bog‘chalarini ko‘paytirish.

Ushbu yondashuv tarafdorlari davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining aholi uchun nisbatan hamyonbopligi, ta’lim-tarbiya, sanitariya va xavfsizlik standartlari ustidan nazoratning mavjudligi, ayniqsa, aholi zich hududlarda katta sig‘imli bog‘chalarga ehtiyoj yuqoriligini ta’kidladilar.

Shuningdek, davlat bog‘chalarini ko‘paytirish orqali ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlarini maktabgacha ta’limga kengroq jalb etish imkoniyati oshishi qayd etildi.

🟢 Ikkinchi yondashuv — davlat-xususiy sheriklikni kengaytirish.

Mazkur yondashuv tarafdorlari esa xususiy sektor imkoniyatlaridan foydalanish orqali yangi maktabgacha ta’lim o‘rinlarini tezkor tashkil etish, sohaga qo‘shimcha investitsiyalarni jalb qilish, davlat budjetiga tushadigan yuklamani maqbullashtirish hamda sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish mumkinligini qayd etdilar.

Bundan tashqari, DXSH asosida yangi ta’lim tashkilotlarining tashkil etilishi tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va aholiga ko‘rsatilayotgan ta’lim xizmatlari turini kengaytirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

🎯 Muhokamadan muhim xulosa

Debat yakunida Termiz shahrida maktabgacha ta’lim bilan qamrovni yanada oshirish uchun davlat va xususiy sektor imkoniyatlaridan birgalikda va samarali foydalanish eng maqbul yondashuvlardan biri ekani ta’kidlandi.

Ya’ni, asosiy maqsad — faqat yangi bog‘chalar sonini ko‘paytirish emas, balki har bir bola uchun sifatli, xavfsiz, zamonaviy va hamyonbop maktabgacha ta’lim olish imkoniyatini yaratishdir.

💬 Tadbir davomida bildirilgan taklif va tavsiyalar umumlashtirilib, maktabgacha ta’lim tizimini yanada rivojlantirish, qamrov ko‘rsatkichlarini oshirish va ta’lim sifatini yaxshilashga qaratilgan kelgusidagi ishlarni tashkil etishda foydalanish belgilandi.

🇺🇿 Mustaqillik — taraqqiyot va islohotlar yo‘li!

👧🏻 Farzandlarimizning sifatli ta’lim olishi — yurtimiz kelajagiga qo‘yilgan eng muhim poydevordir.

📢 Mazkur tadbir va unda muhokama qilingan masalalar yuzasidan tayyorlangan materiallar Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining rasmiy sahifalari, mahalliy va hududiy bosma nashrlar, telekanallar, respublika va viloyat OAV, internet nashrlari hamda 10 000 nafardan ortiq obunachiga ega ijtimoiy tarmoq sahifalarida keng yoritilishi ta’minlanadi. 

Slide 1 of 3