35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 6-Farovon saylov okrugidan saylangan deputati N.Ochilova tomonidan Mustaqillik mahallasi fuqarosining sog‘lig‘ini tiklash va zarur tibbiy yordam olish bo‘yicha qilgan murojaati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 16-Mustaqillik saylov okrugidan saylangan deputati M.Kazakova tomonidan G‘oyib ota mahallasida ijtimoiy xodim bilan suhbatlashilib, aholiga, xususan, ijtimoiy ko‘makka muhtoj fuqarolarga ko‘rsatilayotgan yordamlar holati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov hamda tuman Kengashi deputati S.Maxkamov tomonidan mahalla oqsoqollari va ko‘cha boshilari bilan uchrashuv o‘tkazilib, hududda amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi raisi A.Tavboyev tomonidan “Madad” NNT rahbari O‘.Egamberdiyev bilan uchrashuv o‘tkazilib, tashkilot tomonidan fuqarolarga ko‘rsatilayotgan amaliy va huquqiy yordamlar yuzasidan fikr almashildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 16-Mustaqillik saylov okrugidan saylangan deputati M.Kazakova tomonidan G‘oyib ota mahallasida faoliyat yuritayotgan yoshlar yetakchisi bilan suhbat o‘tkazilib, yoshlar bilan ishlash holati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi raisi A.Tavboyev tuman Adliya bo‘limiga qarashli Davlat xizmatlari markazida bo‘lib, markaz faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 2-Dehqonobod saylov okrugidan saylangan deputati S.Maxkamov tomonidan mahalladagi ijtimoiy xodim faoliyati, aholiga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar va fuqarolar murojaatlari bilan ishlash holati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining 30-sessiyasida kun tartibiga kiritilgan barcha masalalar yuzasidan tegishli doimiy komissiyalar tomonidan dastlabki o‘rganishlar olib borilib, doimiy komissiya raislari va a’zolarining xulosa hamda takliflari eshitildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 2-Dehqonobod saylov okrugidan saylangan deputati S.Maxkamov tomonidan navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Payariq tumani budjetining qoʻshimcha manbalari hisobidan mablagʻlarni yoʻnaltirish toʻgʻrisidagi masala muhokama qilindi.
Mustaqillikning 35 yilligi muborak bo‘lsin!

Aziz va muhtaram “Beshyog‘och” hamda "Katta Olmazor"mahallasi aholisi, qadrli mahalladoshlar!

Sizlarni, sizlar orqali barcha oila a’zolaringizni eng ulug‘, eng aziz bayramimiz — O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman!
Mustaqillik — biz uchun milliy o‘zligimizni anglash, erkin va farovon hayot kechirish, Vatanimiz kelajagini o‘z qo‘limiz bilan bunyod etish imkonini bergan buyuk ne’matdir. O‘tgan 35 yil davomida jonajon O‘zbekistonimiz ulkan taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tdi. Bugun yurtimizda, xususan, Chilonzor tumanida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari, mahallalar infratuzilmasining rivojlantirilishi, aholi uchun qulay shart-sharoitlar yaratilayotgani buning yorqin ifodasidir.
Bu ulkan yutuqlar zamirida, avvalo, siz kabi fidokor, mehnatsevar va jonkuyar yurtdoshlarimizning munosib hissasi bor. Mahallamiz tinchligi va ahilligini asrash, hududimiz obodligini ta’minlash, mavjud muammolarni hal etish hamda yosh avlodni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash borasidagi sa’y-harakatlaringizni yuksak qadrlayman.
Deputat sifatida sizlarning murojaat va takliflaringizni tinglash, mahallamizdagi dolzarb masalalarni tegishli tashkilotlar oldida ko‘tarish, ularning yechimi va ijrosini nazorat qilishni o‘z faoliyatimning muhim yo‘nalishlaridan biri deb bilaman. Ishonchingiz va qo‘llab-quvvatlashingiz bilan Beshyog‘och mahallasini yanada obod, fayzli va yashash uchun qulay maskanga aylantirish yo‘lida birgalikda sa’y-harakat qilishda davom etamiz.
Ushbu qutlug‘ ayyomda barchangizga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt-saodat, xonadonlaringizga tinchlik-xotirjamlik va fayzu baraka tilayman. Har bir oilada mehr-oqibat, har bir xonadonda quvonch va farovonlik hukm sursin!
Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, xalqimiz omon, Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!

Hurmat bilan,
Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati
M. Fayzullayeva

Slide 1 of 1