📌 MABLAG‘LARNING MAQSADLI VA SAMARALI SARFLANISHI O‘RGANILDI
👥 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati mudiri O. Tursunov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Sh. Xo‘janazarov tomonidan Sherobod tumani mahalliy budjetining 2026-yil I chorak daromadlar rejasining ortiqcha bajarilgan qismi hisobidan tuman hokimligiga ajratilgan mablag‘larning maqsadli va samarali ishlatilishi o‘rganildi.
🔎 O‘rganish jarayonida ajratilgan mablag‘larning belgilangan maqsadlarga muvofiq sarflanganligi, mablag‘lardan samarali foydalanish holati hamda amalga oshirilgan ishlar natijalariga alohida e’tibor qaratildi.
📊 Budjet mablag‘laridan oqilona va maqsadli foydalanish — hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi manfaatlarini ta’minlash hamda ochiqlik va hisobdorlikni kuchaytirishning muhim omilidir.
🤝 Mablag‘larning maqsadli sarflanishi — mas’uliyat, samaradorlik va xalq manfaatining muhim kafolatidir!
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube