Xalq deputatlari Bekobod tuman Kengashiga Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat A.Xolmurzayev hamda kotibiyat bosh mutaxassisi A.Utegenov tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining "Yoʻl harakati toʻgʻrisida"gi Qonuni talablariga muvofiq Bekobod tumani "Boʻston" mahalla fuqarolar yigʻini hududidagi Imom Buxoriy va Ibn Sino koʻchalari kesishmasida joylashgan chorrahaning yoʻl harakati xavfsizligi holati oʻrganildi.
Oʻrganish natijalariga koʻra, mazkur chorrahada yoʻl harakati xavfsizligini yanada yaxshilash hamda mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputat soʻrovi yuborildi.
✅ Aholining xavfsiz va qulay harakatlanishini taʼminlash borasidagi ishlar izchil davom ettiriladi.