35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 7-Boshchorosh saylov okrugidan saylangan deputati J.Axunov tomonidan Xosa mahallasi hududidagi ko‘chalar va aholi yashash sharoiti joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati F.Dexkonova tomonidan yuborilgan deputatlik so‘roviga tuman Yo‘llardan foydalanish UK direktori A.Ashurovdan javob olindi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 2-Dehqonobod saylov okrugidan saylangan deputati S.Maxkamov tomonidan fuqarolardan kelib tushgan murojaat yuzasidan joyiga chiqib o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi M.Nurmanova tomonidan Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi tuman bo‘limi boshlig‘i M.Burxonovning faoliyati yaqindan o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 2-Dehqonobod saylov okrugidan saylangan deputati S.Maxkamov tomonidan hududdagi ichki ko‘chalarning holati va ko‘chalarga shag‘al-tosh to‘kish ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi M.Nurmanova tomonidan hudud hokim yordamchisi bilan birgalikda aholi bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yaqindan o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 13-O‘zbekiston saylov okrugidan saylangan deputati F.Shakarov tomonidan hududdagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida bolalar uchun yaratilgan sport inshootlari va sport bilan shug‘ullanish sharoitlari o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 3-Paxtakor saylov okrugidan saylangan deputati M.Musurmanov tomonidan Guliston mahallasidagi ko‘chalarda olib borilayotgan asfalt qoplama ishlarining borishi joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi kotibi M.Musurmanov hamda tuman hokimining o‘rinbosari – Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘ining yetakchi mutaxassisi I.Xatamov ishtirokida hududdagi ichki ko‘chalarda olib borilayotgan asfaltlashtirish ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 6-Farovon saylov okrugidan saylangan deputati N.Ochilova tomonidan Go‘zal mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaroning murojaati o‘rganildi.
"Yangiobod" mahaallasida tuman Kengashi qarori ijrosi o'rganildi

#kotibiyat_xodimi_faoliyati
#Kengash_qarori_ijrosi

"Yangiobod" mahaallasida tuman Kengashi qarori ijrosi o'rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashiga 5-Yangiobod saylov okrugidan saylangan deputat B.Bo‘tayevaning saylov okrugidagi “Yangiobod” mahallasida tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi A.Mamarajabov tomonidan o‘rganish olib borildi.

O‘rganish davomida tuman Kengashining 2026-yil 1-maydagi VII-20-35-8-113-K/26-sonli qaror asosida ajratilgan mablag‘larning birinchi guruh nogironligi bo‘lgan va mehnatga layoqatli a’zosi bo‘lmagan oilalar xonadonlarini “yashil” ta’mirlash ishlariga yo‘naltirilishi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

Jumladan, mablag‘larning maqsadli sarflanishi, xonadonlarda olib borilgan ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari, ularning belgilangan talablarga muvofiqligi hamda bajarilgan ishlarning amaldagi holati xonadonma-xonadon o‘rganildi.

O‘rganish davomida aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli mas’ullar bilan fikr almashilib, ajratilgan mablag‘lardan samarali va maqsadli foydalanish hamda ishlarni sifatli yakunlash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 7