35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati N. Nurmatova tomonidan Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi tuman bo‘limi boshlig‘i M. Burxonovga ijtimoiy soha obyektlaridagi ayrim hojatxonalarning sanitariya talablariga javob bermayotganligi yuzasidan savol berildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashiga 7-Boshcho‘rosh saylov okrugidan saylangan deputat J.Axunov: — Boshcho‘rosh mahallasidagi ichimlik suvi inshootidan aholiga yetkazib berilayotgan suvning yaroqliligi yuzasidan aholi e’tirozlari mavjud. Ushbu suvning sanitariya talablariga muvofiqligi tekshirilganmi? deya savol berildi
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 30-sessiyasida Kengash huzuridagi “Yoshlar maslahat guruhi” a’zolari ham ishtirok etib, sessiya jarayonlarini kuzatdilar.
янв.21
Payariq tumani hokimining 2026-yil 20-avgustdagi “Eshonquov Shohrux Sobir o‘g‘lini 2026-yilning 20-avgust kunidan Payariq tumani hokimining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etish toʻgʻrisida”gi 1346-7-100-Q/26-sonli qarori tasdiqlandi
янв.21
Tumanga 2026-yil I yarim yilligi uchun belgilangan 41,6 mlrd so‘mlik byudjet daromadlari prognozi 49,8 mlrd so‘mga yoki 120 foizga bajarildi. Mahalliy byudjet daromadlari bo‘yicha belgilangan 83,8 mlrd so‘mlik prognoz 97,7 mlrd so‘mga yoki 117 foizga bajarilishi ta’minlangan
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi sessiyasi ishida ovozlarni hisoblash, ovoz berish natijalarini aniqlash hamda nizoli masalalarni hal etish maqsadida deputatlar orasidan sanoq komissiyasi tuzildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining navbatdagi o‘ttizinchi sessiyasi o‘z ishini boshladi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi sessiyasida sessiya kotibi etib 18-O'rtasaydov saylov okrugidan saylangan deputat Djamalova Lola Djalilovna nomzodi taklif etildi va deputatlar tomonidan tasdiqlandi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 2-Dehqonobod saylov okrugidan saylangan deputati S.Maxkamov tomonidan mahalla hududidagi gaz quvurining ta’mirlash ishlari bilan bog‘liq masala o‘rganildi. Fuqarolar tomonidan ta’mirdan chiqarilgan gaz quvurini avvalgi joyiga qayta o‘rnatish yuzasidan murojaat qilingan.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi kotibi M.Musurmanov hamda tuman hokimining qurilish masalalari bo‘yicha bosh mutaxassisi ishtirokida Guliston mahallasidagi ichki ko‘chalarda olib borilayotgan asfaltlashtirish ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.
#162_ta_Qonunlar_ijrosi #24_ta_tavsiyalar_ijrosi #Okrugda_o‘rganish


Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashining 18-Olmazor saylov okrugidan saylangan deputati Xo‘jaqulov Xurram Ziyatovich tomonidan “Olmazor” mahallasida nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati A.Oripov, Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri M.Xujanov va Kotibiyat bosh mutaxassisi A.Esanov ishtirokida “Olmazor” mahallasidagi mahalla yettiligi faoliyati mahalliy Kengash deputati faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 162 ta qonun hamda 24 ta tavsiya ijrosi nuqtayi nazaridan tahlil qilindi.

O‘rganish jarayonida aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli mas’ullarga tavsiya va ko‘rsatmalar berilib, qonunlar ijrosi va tavsiyalar bajarilishini ta’minlash bo‘yicha zarur chora-tadbirlar belgilandi

🕊Telegram 💬Facebook 🌐E-kengash 📸Instagram

Slide 1 of 3