35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati N. Nurmatova tomonidan Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi tuman bo‘limi boshlig‘i M. Burxonovga ijtimoiy soha obyektlaridagi ayrim hojatxonalarning sanitariya talablariga javob bermayotganligi yuzasidan savol berildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashiga 7-Boshcho‘rosh saylov okrugidan saylangan deputat J.Axunov: — Boshcho‘rosh mahallasidagi ichimlik suvi inshootidan aholiga yetkazib berilayotgan suvning yaroqliligi yuzasidan aholi e’tirozlari mavjud. Ushbu suvning sanitariya talablariga muvofiqligi tekshirilganmi? deya savol berildi
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 30-sessiyasida Kengash huzuridagi “Yoshlar maslahat guruhi” a’zolari ham ishtirok etib, sessiya jarayonlarini kuzatdilar.
янв.21
Tumanga 2026-yil I yarim yilligi uchun belgilangan 41,6 mlrd so‘mlik byudjet daromadlari prognozi 49,8 mlrd so‘mga yoki 120 foizga bajarildi. Mahalliy byudjet daromadlari bo‘yicha belgilangan 83,8 mlrd so‘mlik prognoz 97,7 mlrd so‘mga yoki 117 foizga bajarilishi ta’minlangan
янв.21
Payariq tumani hokimining 2026-yil 20-avgustdagi “Eshonquov Shohrux Sobir o‘g‘lini 2026-yilning 20-avgust kunidan Payariq tumani hokimining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etish toʻgʻrisida”gi 1346-7-100-Q/26-sonli qarori tasdiqlandi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi sessiyasi ishida ovozlarni hisoblash, ovoz berish natijalarini aniqlash hamda nizoli masalalarni hal etish maqsadida deputatlar orasidan sanoq komissiyasi tuzildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining navbatdagi o‘ttizinchi sessiyasi o‘z ishini boshladi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi sessiyasida sessiya kotibi etib 18-O'rtasaydov saylov okrugidan saylangan deputat Djamalova Lola Djalilovna nomzodi taklif etildi va deputatlar tomonidan tasdiqlandi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 2-Dehqonobod saylov okrugidan saylangan deputati S.Maxkamov tomonidan mahalla hududidagi gaz quvurining ta’mirlash ishlari bilan bog‘liq masala o‘rganildi. Fuqarolar tomonidan ta’mirdan chiqarilgan gaz quvurini avvalgi joyiga qayta o‘rnatish yuzasidan murojaat qilingan.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi kotibi M.Musurmanov hamda tuman hokimining qurilish masalalari bo‘yicha bosh mutaxassisi ishtirokida Guliston mahallasidagi ichki ko‘chalarda olib borilayotgan asfaltlashtirish ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.
Deputat va fuqarolar: muammolar joyida o‘rganildi

Har bir murojaat ortida insonning kundalik hayoti, oilasi va kelajagi bilan bog‘liq muhim masala turadi. Shu bois murojaatlarni shunchaki qabul qilish bilan cheklanib qolmasdan, ularning mazmunini atroflicha o‘rganish, qonuniy asosda tegishli choralar ko‘rilishini ta’minlash va ijrosini nazorat qilish muhim ahamiyat kasb etadi.

Shu maqsadda xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi, deputat D.Normuradova, kotibiyat mudiri, deputat A.Ashurov, Kengashning 14-“Bog‘zor” saylov okrugi deputati O.Sharofutdinova hamda kotibiyat bosh mutaxassisi R.Mamashukurovlar “Bog‘zor” mahallasida bo‘lib, hududdagi mavjud holat va aholini qiynayotgan masalalarni joyida o‘rgandilar.

Mazkur jarayon mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining “24 ta muhim yo‘nalish” doirasida tashkil etilib, hududda amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligi, belgilangan vazifalar ijrosi hamda fuqarolar manfaatlarini ta’minlash borasidagi ishlar tahlil qilindi.

O‘rganish davomida mas’ullar mahalladagi Boborahim Mashrab ko‘chasida bo‘lib, ko‘chaning mavjud holati bilan yaqindan tanishdilar hamda shu hududda istiqomat qiluvchi fuqarolar bilan bevosita muloqot qildilar.
Suhbat davomida fuqarolar o‘zlarini qiynab kelayotgan masalalarni bayon qilib, hududda bolalar uchun bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish va sport bilan shug‘ullanish imkonini beradigan bolalar maydonchasi qurish zarurligini bildirdilar.
Shuningdek, ko‘chadagi mavjud elektr infratuzilmasi, xususan, elektr ustunlarining eskirganligi masalasi ham ko‘tarilib, ularni zamonaviy va xavfsiz ustunlarga almashtirish bo‘yicha amaliy yordam so‘raldi.
Muloqot jarayonida fuqarolarning fikr va takliflari tinglanib, ko‘tarilgan masalalarning dolzarbligi hamda ularni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Aniqlangan muammolar deputatlar tomonidan nazoratga olindi. Ularning qonuniy va amaliy yechimini ta’minlash maqsadida tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborilishi hamda murojaatlarning ijrosi belgilangan tartibda nazorat qilib borilishi belgilab olindi.
Bunday sayyor o‘rganishlar orqali deputatlar o‘z saylov okruglaridagi real holatni bevosita ko‘zdan kechirib, aholi bilan ochiq muloqot qilmoqda. Eng muhimi, fuqarolar tomonidan bildirilgan har bir taklif va murojaat e’tibordan chetda qoldirilmasdan, ularning yechimi bo‘yicha aniq choralar belgilanmoqda.

Slide 1 of 5