35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov va Madad NNT rahbari tomonidan “Birlashuv” MFY hududidagi 54-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabini rekonstruksiya qilish, jumladan, qo‘shimcha 96 o‘rinli o‘quv binosi qurish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
Reglament va deputatlik odob-axloqi masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi L.Djamalova hamda komissiya a’zolari ishtirokida komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi.
янв.21
2026-yil 21-avgust kuni Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Reglament va deputatlik odob-axloqi masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishida Payariq tumani hokimining birinchi o‘rinbosari lavozimiga oid masalalar ko‘rib chiqildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi o‘rinbosari Z.Turdiyev hamda tuman hokimligi xodimi ishtirokida hududdagi piyodalar yo‘laklarini qurish ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Djamolova Lola Djalilovnaning deputatlik so‘roviga Gaz ta’minoti Payariq filiali boshlig‘i A.Uralovdan javob olindi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov tomonidan 15-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida dastur asosida amalga oshirilayotgan ta’mirlash ishlari o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov tomonidan Boshcho‘rosh mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaroning ichki yo‘llarni ta’mirlash yuzasidan yo‘llagan murojaati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan 2026-yil 21-avgustdagi DKQ 03-01/80-26-son qaror qabul qilindi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 23-Pong saylov okrugidan saylangan deputati M.Nurmanova tomonidan hududdagi ichki yo‘llarni asfalt qoplamasi bilan ta’minlash masalasi yuzasidan mas’ullar bilan yaqindan suhbatlashildi.
янв.21
Xudoyberdiyeva Xusniya Buriboyevnaning deputatlik so‘roviga Gaz ta’minoti Payariq filiali boshlig‘i A.Uralovdan javob olindi.
KENGASH QARORI IJROSI NAZORATDA

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashining 2026-yil 3-avgustdagi VII-20-59-1-29-K/26-sonli qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan mas’ul tashkilotlarga tegishli topshiriqlar yuborilmoqda.

Mazkur qarorning 7-bandida Xalq qabulxonasi tomonidan aniqlangan qonunbuzilish holatlari yuzasidan mas’ul xodimlarga nisbatan tegishli choralar ko‘rish hamda amalga oshirilgan ishlar natijalari to‘g‘risida ma’lumot taqdim etish belgilangan.

Shu munosabat bilan, Andijon shahar Veterinariya bo‘limi boshlig‘i F. Abdusalomovga qarorning 7-bandi ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar, ko‘rilgan choralar va ularning natijalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tasdiqlovchi hujjatlar bilan birgalikda 2026-yil 28-avgustga qadar Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi kotibiyatiga yozma ravishda taqdim etish so‘raldi.

Qarorlar ijrosi — doimiy nazoratda!