35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XALQ DEPUTATLARI PAYARIQ TUMANI KENGASHINING 2-4-SENTABR KUNLARIGA MO'LJALLANGAN REJA-GRAFIGI
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 2026-yil 31-martdagi VII-24-37-7-100-K/26-sonli qarori ijrosi doirasida “Tashabbusli budjet” jarayonining 2026-yil 1-mavsumida g‘olib deb topilgan loyihalar amalga oshirilmoqda.
янв.21
Korrupsiyani oldini olish va manfaatlar to‘qnashuvini bartaraf etish yuzasidan tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limida o‘tkazilgan o‘rganish natijalari to‘g‘risida doimiy komissiya qarori qabul qilindi.
янв.21
Deputatlar o'z vakolatlarini bajarishda shaxsiy manfaatdorlikka yo'l qo'ymasligi va Kengash majlislarida ko'rilayotgan masalada shaxsiy yoxud o'ziga aloqador shaxslarning manfaati bo'lsa, bu haqda raislik qiluvchini oldindan ogohlantirishi shart
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi A.Maxammatov tuman hokimligi mas’ul xodimlari bilan birgalikda “Tashabbusli budjet” loyihasi doirasida g‘olib bo‘lgan loyihalarni joyiga chiqib o‘rgandi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi S.Maxkamov tomonidan Juvozxona mahallasida navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 8-O‘rtato‘sin saylov okrugidan saylangan deputati B.Shakarov tomonidan fuqaroning murojaati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 6-Farovon saylov okrugidan saylangan deputati N.Ochilova tomonidan hududda fuqarolar murojaatlari bilan ishlash holati hamda murojaatlarning ko‘rib chiqilishi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi o‘rinbosari Z.Turdiyev tomonidan Ilg‘or mahalla binosida olib borilayotgan qurilish ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 8-O‘rtato‘sin saylov okrugidan saylangan deputati B.Shakarov tomonidan navbatdagi sessiya kun tartibidagi masala yuzasidan hududdagi elektr ta’minoti holati deputatlik nazorati tartibida o‘rganildi.
DEPUTAT KO‘CHAMA-KO‘CHA O‘RGANISH OLIB BORDI.

Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining “3-Olchin” saylov okrugi deputati A.Ubaydullayev hamda Kengash Kotibiyati bosh mutaxassisi A.Ismoilovlar tomonidan “Cho‘lyunus” mahalla fuqarolar yig‘inining “Guzar” ko‘chasida navbatdagi ko‘chama-ko‘cha o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida mazkur ko‘cha infratuzilmasi ko‘zdan kechirilib, ko‘chaboshi I.Tojiyev bilan muloqot qilinganda, “Guzar” ko‘chasining 500 metr qismini asfaltlashtirish zarurligini bildirdi.

Mazkur ko‘chada 62-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti hamda 31-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi joylashgan. Ko‘cha yo‘lining holatini yaxshilash maqsadida aholi tomonidan hashar yo‘li bilan shag‘al yotqizilgan bo‘lsa-da, yog‘ingarchilik kunlarida hududda harakatlanish uchun noqulayliklar yuzaga kelmoqda. Shu bois, ko‘chaning 500 metr qismini asfaltlashtirish nafaqat aholi uchun qulaylik yaratadi, balki maktab o‘quvchilari va maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilarining turli ob-havo sharoitlarida ta’lim muassasalariga xavfsiz va bemalol qatnab kelishlarini ta’minlashga xizmat qiladi.

Aniqlangan mazkur masala deputatning "Ko‘chama-ko‘cha aylanish" daftariga qayd etilib, tegishli dasturlar orqali ijrosini ta’minlash maqsadida deputat nazoratiga olindi.

Slide 1 of 3