🟢 IJTIMOIY MASALALAR AHOLI BILAN MULOQOT ASOSIDA O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi 16-Katta hayot–Do‘stlik saylov okrugi deputati Mirzayev Turg‘un Yo‘ldoshyevich hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Xo‘janazarov Shuhrat Beknazarovich tomonidan “Katta hayot” mahallasidagi ijtimoiy xodim Siddiqova Ra’no Rajabovnaning faoliyati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
📍 O‘rganish davomida ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar bilan ishlash, ularning ehtiyojlarini aniqlash hamda kam ta’minlangan oilalarga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar holatiga alohida e’tibor qaratildi.
📊 Mahallada jami 96 nafar fuqaro ijtimoiy reyestrda qayd etilgan bo‘lib, shundan 47 nafari kambag‘al oilalar toifasiga kiritilgan.
🗣 O‘rganish jarayonida ijtimoiy reyestrga kiritilgan fuqarolardan biri bilan bevosita suhbat o‘tkazilib, uning ijtimoiy holati, mavjud ehtiyoj va muammolari tinglandi.
🔎 Fuqarolar bilan yuzma-yuz muloqot qilish orqali mavjud muammolarni joyida aniqlash, ularga tegishli ijtimoiy xizmat va ko‘maklarni yetkazish masalalariga e’tibor qaratildi.
🤝 O‘rganish yakunida ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi bilan ishlashni yanada kuchaytirish, aniqlangan masalalarni tegishli tartibda hal etish bo‘yicha takliflar bildirildi.
📌 Maqsad — har bir ehtiyojmand fuqaroning muammosini eshitish, uni joyida aniqlash va amaliy yechim topishga ko‘maklashish.
O‘rganish → muloqot → muammoni aniqlash → amaliy yechim.
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.