#24_ta_masala 🏥 2-BAND IJROSI:AHOLIGA TIBBIY XIZMAT KO‘RSATISH HOLATI O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha Tavsiyalarning 2-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida deputat M.Kazakov tomonidan o‘ziga biriktirilgan hududdagi aholiga o‘z vaqtida va sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holati o‘rganildi.
O‘rganish davomida aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati, fuqarolarning tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlari hamda mavjud muammolar bilan tanishildi.
Shuningdek, hudud aholisi bilan suhbat o‘tkazilib, fuqarolarning murojaatlari qabul qilindi. Murojaatlarda ko‘tarilgan masalalar tinglanib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli choralar belgilandi.
📌 Aholi salomatligi, fuqarolar murojaati va tibbiy xizmat sifati — deputat nazoratida!