6-BAND IJROSI: XOTIN-QIZLAR FAOLIYATI O‘RGANILDI
✏️Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha Tavsiyalarning 6-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida deputat Saodat Djumanova tomonidan Qoqsoy mahallasida xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi.
🔗O‘rganish davomida xotin-qizlar bilan ishlash, ularning muammolarini aniqlash va hal etish, bandligini ta’minlash, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda oilalarda sog‘lom muhitni shakllantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligi bilan tanishildi.
🔗Shuningdek, ehtiyojmand va muammoli oilalar bilan manzilli ishlash, xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda ularni mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanishga yo‘naltirish masalalariga e’tibor qaratildi.
🔗Deputat tomonidan aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, xotin-qizlar bilan ishlash samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha takliflar bildirildi.
✨Xotin-qizlar manfaatlari — doimiy e’tiborda!