35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati tomonidan 2027-yilda tasdiqlanadigan dasturlarga takliflar kiritildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining deputati M.Musurmanov tomonidan 85-ds-377-26-sonli deputat so‘rovi yuborildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 24-Do‘stlarobod saylov okrugidan saylangan deputati U. Omonov tomonidan Aliobod mahallasida yoshlar yetakchisi tomonidan yoshlar bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 24-Do‘stlarobod saylov okrugidan saylangan deputati U.Omonov tomonidan Aliobod mahallasida fuqaroning murojaati o‘rganildi.
янв.21
Tavboev Azamat Qo'shboqovichning deputatlik so‘roviga tuman Yo‘llardan foydalanish UK direktori A.Ashurovdan javob olindi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 24-Do‘stlarobod saylov okrugidan saylangan deputati U. Omonov tomonidan hududdagi ichimlik suvi ta’minoti va mavjud tarmoqlarning ta’mirlash holati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining 24-Do‘stlarobod saylov okrugidan saylangan deputati U.Omanov tomonidan navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan tuman hokimi o‘rinbosari M.Alibekovning hisoboti yuzasidan Aliobod mahallasida joylashgan Pay kanalining holati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi A.Maxammatov tomonidan tuman hokimligi Investitsiyalar, sanoat va savdo bo‘limi bosh mutaxassisi G‘.Eltayevning faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Payariq tumani hokimi, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Sh. Xudayberdiyev tomonidan tegishli mas’ullar ishtirokida Juvozxona mahallasidan Madaniyat mahallasigacha bo‘lgan hududda “Ochiq budjet” loyihasi asosida amalga oshirilayotgan yo‘l qurilishi ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi o‘rinbosari Sh. Mirzaqulov tomonidan Inson ijtimoiy xizmatlari markazi direktori o‘rinbosari M. Mamatovning faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 25-oktabrdagi 656-son qarori bilan tasdiqlangan “Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni uy-joy bilan ta’minlash tartibi to‘g‘risidagi nizom” asosida o‘rganildi.
🏠 Yer va uy-joyga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish — deputatlar nazoratida

Aholini yillar davomida qiynab kelayotgan masalalardan biri — hujjatlari to‘liq rasmiylashtirilmagan yoki o‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan uy-joy va boshqa bino-inshootlarga bo‘lgan huquqlarni qonuniy tartibda rasmiylashtirishdir.
Bu borada qabul qilingan “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi Qonun fuqarolar uchun muhim huquqiy imkoniyatlarni yaratdi. Mazkur qonun belgilangan shartlar asosida yer uchastkasiga ijara huquqini hamda unda qurilgan bino va inshootlarga mulk huquqini e’tirof etish tartibini belgilaydi.
📌 Qonun kimlarga imkoniyat yaratadi?
Jumladan, belgilangan talablarga javob beradigan:
🔹 2018-yil 1-mayga qadar yakka tartibda uy-joy qurish orqali o‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari va ulardagi uy-joylarga;
🔹 qonuniy ajratilgan yer maydonidan ortiqcha egallangan va belgilangan shartlarga javob beradigan yer uchastkalariga;
🔹 bog‘dorchilik va uzumchilik shirkatlari hududidagi turar joylar hamda ular egallagan yerlarga;
🔹 xususiylashtirilgan bino va inshootlar egallagan yer uchastkalariga;
🔹 qonunchilikka muvofiq mulk huquqi e’tirof etilgan bino va inshootlar egallagan yer uchastkalariga nisbatan huquqlarni e’tirof etish imkoniyati mavjud.
❗️ Biroq bu jarayon avtomatik tarzda amalga oshirilmaydi. Yer uchastkasining boshqa shaxslarga ajratilmaganligi, nizo mavjud emasligi, soliq qarzdorligi va qonunchilikda belgilangan boshqa shartlar o‘rganiladi.
👥 Aynan shu jarayonning joylardagi ijrosi deputatlar tomonidan o‘rganilmoqda.
Xususan, Kengash deputatlari va kotibiyat xodimlari tomonidan Davlat kadastrlar palatasi Xorazm viloyati boshqarmasining Shovot tumani filiali tomonidan olib borilayotgan xatlov jarayonlarining borishi monitoring qilindi.
Deputatlar tomonidan mahallalarda fuqarolar bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, qonunning mazmun-mohiyati, huquqlarni e’tirof etish uchun belgilangan talablar, xatlov jarayoni hamda fuqarolar uchun yaratilgan imkoniyatlar yuzasidan tushuntirishlar berilmoqda.
Shuningdek, fuqarolarning murojaatlari, xatlov jarayonining qonuniyligi, ma’lumotlarning to‘g‘ri shakllantirilishi hamda huquqlarni e’tirof etish jarayonida qonuniylik va ochiqlikni ta’minlash masalalari deputlik nazorati doirasida o‘rganib borilmoqda.
🤝 Eng muhimi, mazkur qonun ko‘p yillar davomida hujjatlarini rasmiylashtirish imkoniga ega bo‘lmagan fuqarolarga qonunda belgilangan shartlar asosida o‘z mulkiy huquqlarini qonuniylashtirish imkonini bermoqda.
📋 Deputatlar tomonidan qonun ijrosi yuzasidan o‘rganishlar davom ettirilib, aholining qonuniy huquq va manfaatlarini ta’minlash, mavjud muammolarni aniqlash hamda ularning qonuniy yechimini ta’minlash masalalari doimiy nazoratda bo‘ladi.
Qonun — inson manfaatlari va mulkiy huquqlarini himoya qilishga xizmat qilishi kerak.

Slide 1 of 3