35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati tomonidan 2027-yilda tasdiqlanadigan dasturlarga takliflar kiritildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining deputati M.Musurmanov tomonidan 85-ds-377-26-sonli deputat so‘rovi yuborildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 24-Do‘stlarobod saylov okrugidan saylangan deputati U. Omonov tomonidan Aliobod mahallasida yoshlar yetakchisi tomonidan yoshlar bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 24-Do‘stlarobod saylov okrugidan saylangan deputati U.Omonov tomonidan Aliobod mahallasida fuqaroning murojaati o‘rganildi.
янв.21
Tavboev Azamat Qo'shboqovichning deputatlik so‘roviga tuman Yo‘llardan foydalanish UK direktori A.Ashurovdan javob olindi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 24-Do‘stlarobod saylov okrugidan saylangan deputati U. Omonov tomonidan hududdagi ichimlik suvi ta’minoti va mavjud tarmoqlarning ta’mirlash holati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining 24-Do‘stlarobod saylov okrugidan saylangan deputati U.Omanov tomonidan navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan tuman hokimi o‘rinbosari M.Alibekovning hisoboti yuzasidan Aliobod mahallasida joylashgan Pay kanalining holati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi A.Maxammatov tomonidan tuman hokimligi Investitsiyalar, sanoat va savdo bo‘limi bosh mutaxassisi G‘.Eltayevning faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Payariq tumani hokimi, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Sh. Xudayberdiyev tomonidan tegishli mas’ullar ishtirokida Juvozxona mahallasidan Madaniyat mahallasigacha bo‘lgan hududda “Ochiq budjet” loyihasi asosida amalga oshirilayotgan yo‘l qurilishi ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi o‘rinbosari Sh. Mirzaqulov tomonidan Inson ijtimoiy xizmatlari markazi direktori o‘rinbosari M. Mamatovning faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 25-oktabrdagi 656-son qarori bilan tasdiqlangan “Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni uy-joy bilan ta’minlash tartibi to‘g‘risidagi nizom” asosida o‘rganildi.
Deputat so'rovi yuborildi

#Deputat_sorovi

Deputat so'rovi yuborildi

Xalq deputatlari tuman Kengashiga 11-Sariq saylov okrugidan saylangan deputat Ch.Alimov tomonidan “Yangi turmush” mahallasida “Ayollar daftari”ning 4-toifasida turuvchi 12 nafar fuqaroga patronaj hamshirasi tomonidan tibbiy xizmatlar ko‘rsatilishi holati yuzasidan Qiziriq tumani tibbiyot birlashmasi boshlig‘i A.Sobirov nomiga deputatlik so‘rovi yuborildi.

Deputatlik so‘rovida mazkur fuqarolarga tibbiy ko‘rik va patronaj xizmatlari to‘liq ko‘rsatilmayotgani, shuningdek, mahalla yettiligi tomonidan tuman tibbiyot birlashmasiga yuborilgan murojaat va xatlarning ko‘rib chiqilishi holati yuzasidan asoslantirilgan axborot berish hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish so‘ralgan.

Shuningdek, deputatlik so‘rovi orqali “Ayollar daftari”da turuvchi fuqarolarga zarur tibbiy xizmatlarni muntazam ko‘rsatish, mahalla yettiligi tomonidan yuborilayotgan murojaatlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va ular yuzasidan amaliy choralar ko‘rish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 2