35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 22-To‘polos saylov okrugidan saylangan deputati X.Raxmonova tomonidan To‘polos mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaroning murojaati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zosi O‘. Omonov tomonidan tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi raisi A.Tavboyev ishtirokida Tuman axborot-kutubxona markazida yoshlar bilan “Yoshlar va ma’naviyat” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 7-Boshcho‘rosh saylov okrugidan saylangan deputati J.Axunov tomonidan Boshcho‘rosh mahallasi aholisining ichki yo‘lni asfaltlashtirish hamda piyodalar yo‘lagi qurish bo‘yicha murojaati o‘rganildi.
янв.21
Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi B. Shakarov tomonidan tuman elektr tarmoqlari bo‘limida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 31-avgustdagi 555-son qarori ijrosi o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining Reglament va deputatlik odob-axloqi masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi L. Djamalova, komissiya a’zolari hamda Kengash kotibiyati mudiri J. Axunov ishtirokida Kengashning ish rejalari ijrosi va deputatlik so‘rovlarining natijalari muhokama qilindi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi B.Shakarov tomonidan Go‘zal mahallasida ko‘cha va hududlarni tungi yoritish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 16-Mustaqillik saylov okrugidan saylangan deputati M.Kazakova tomonidan fuqaroning bandlik masalasiga oid murojaati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 6-Farovon saylov okrugidan saylangan deputati N.Ochilova tomonidan Mustaqillik mahallasida xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar holati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zosi M.Kazakova hamda tuman hokimining o‘rinbosari U.Quvatov tomonidan Turkibola mahallasida amalga oshirilayotgan “Zarbdor tajribasi” loyihalari ijrosi joyiga chiqib o‘rganildi.
DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA “CHIQINDILAR TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI VA CHIQINDILARNI O‘Z VAQTIDA OLIB CHIQISH HOLATI O‘RGANILDI.

Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashiga 20-“Ulug‘bek” saylov okrugidan saylangan deputat Sultonov Azimjon O‘ktam o‘g‘li tomonidan o‘zi saylangan okrug hududidagi mahalla fuqarolari bilan o‘tkazilgan uchrashuvlarda bildirilgan taklif va murojaatlardan kelib chiqib, Parkent tumanida qattiq maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holatini o‘rganish maqsadida “ZERO-WASTE” MChJ Parkent tuman filiali faoliyati
deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi.O‘rganish jarayonida O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 5-apreldagi “Chiqindilar to‘g‘risida”gi 362-II-son Qonuni ijrosi yuzasidan maxsus tuzilgan savolnoma asosida “ZERO-WASTE” MChJ Parkent tuman filiali rahbari Otabek Mirdavlatov hamda mas’ul xodim bilan suhbat o‘tkazildi.Suhbat davomida deputat tomonidan, avvalo, Parkent tumani hududida hosil bo‘layotgan qattiq maishiy chiqindilarni yig‘ish va olib chiqish ishlari tasdiqlangan reja-grafik asosida qay darajada amalga oshirilayotgani hamda ushbu jarayon qanday nazorat qilinayotgani yuzasidan savol berildi. Shuningdek, mahallalardagi chiqindi konteynerlarining yetarliligi, ularning aniq soni hamda sanitariya holati va belgilangan muddatlarda bo‘shatilishi qanday ta’minlanayotgani, shuningdek, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar haqida aniq ma’lumot so‘raldi.Bundan tashqari, chiqindilarni yig‘ish va tashishda sanitariya hamda ekologik talablarga rioya etilishi, ushbu talablarning bajarilishi ustidan nazorat qanday tashkil etilgani va aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha qanday choralar ko‘rilgani yuzasidan ham mas’ullardan tegishli javoblar olindi.Berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, bugungi kunda korxonada 100 nafarga yaqin xodim faoliyat yuritmoqda. Korxona tasarrufida 17 ta chiqindi tashuvchi maxsus texnika, 224 ta chiqindi konteyneri hamda 3 ta chiqindi yig‘ish shoxobchasi mavjud.Korxonadagi barcha maxsus transport vositalariga masofadan turib onlayn nazorat qilish imkonini beruvchi GPS qurilmalari o‘rnatilgan. Mazkur tizim chiqindilarni belgilangan reja-grafik asosida olib chiqish, transport harakatini nazorat qilish va xizmat ko‘rsatish sifatini oshirishga xizmat qilmoqda. Ma’lum qilinishicha, bir sutkada tuman hududidan o‘rtacha 240 kub metr qattiq maishiy chiqindi olib chiqib ketilmoqda.Shuningdek, Parkent tumani hududidagi 53 ta mahalladan qattiq maishiy chiqindilar tasdiqlangan reja-grafik asosida “Signal” usulida muntazam ravishda olib chiqib ketilayotgani bildirildi.O‘rganish davomida korxona rahbarining sohaga oid fikr va takliflari tinglanib, mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.Shuningdek, “ZERO-WASTE” MChJ tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-yanvardagi PF–5-son Farmoniga muvofiq, 1 milliard 200 million so‘m mablag‘ evaziga Parkent va Yuqorichirchiq tumanlaridan olib chiqilayotgan chiqindilarni qayta ishlashga yo‘naltirilgan markazlashgan chiqindi yuklash stansiyasini qurish rejalashtirilgani ma’lum qilindi.O‘rganish yakunlari bo‘yicha aholi murojaatlarida ko‘tarilgan masalalarni hal etish, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish tizimini takomillashtirish hamda hududlarda sanitariya-tozalik holatini yaxshilashga qaratilgan ishlarni kuchaytirish yuzasidan tegishli tavsiyalar bildirildi. Shuningdek, mazkur masalani atroflicha muhokama qilish va aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli choralarni belgilash maqsadida masala Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashining tegishli doimiy komissiyasi yig‘ilishida muhokama etilishi belgilandi.
  

Slide 1 of 4