35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati tomonidan 2027-yilda tasdiqlanadigan dasturlarga takliflar kiritildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining deputati M.Musurmanov tomonidan 85-ds-377-26-sonli deputat so‘rovi yuborildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 24-Do‘stlarobod saylov okrugidan saylangan deputati U. Omonov tomonidan Aliobod mahallasida yoshlar yetakchisi tomonidan yoshlar bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 24-Do‘stlarobod saylov okrugidan saylangan deputati U.Omonov tomonidan Aliobod mahallasida fuqaroning murojaati o‘rganildi.
янв.21
Tavboev Azamat Qo'shboqovichning deputatlik so‘roviga tuman Yo‘llardan foydalanish UK direktori A.Ashurovdan javob olindi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 24-Do‘stlarobod saylov okrugidan saylangan deputati U. Omonov tomonidan hududdagi ichimlik suvi ta’minoti va mavjud tarmoqlarning ta’mirlash holati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining 24-Do‘stlarobod saylov okrugidan saylangan deputati U.Omanov tomonidan navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan tuman hokimi o‘rinbosari M.Alibekovning hisoboti yuzasidan Aliobod mahallasida joylashgan Pay kanalining holati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi A.Maxammatov tomonidan tuman hokimligi Investitsiyalar, sanoat va savdo bo‘limi bosh mutaxassisi G‘.Eltayevning faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Payariq tumani hokimi, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Sh. Xudayberdiyev tomonidan tegishli mas’ullar ishtirokida Juvozxona mahallasidan Madaniyat mahallasigacha bo‘lgan hududda “Ochiq budjet” loyihasi asosida amalga oshirilayotgan yo‘l qurilishi ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi o‘rinbosari Sh. Mirzaqulov tomonidan Inson ijtimoiy xizmatlari markazi direktori o‘rinbosari M. Mamatovning faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 25-oktabrdagi 656-son qarori bilan tasdiqlangan “Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni uy-joy bilan ta’minlash tartibi to‘g‘risidagi nizom” asosida o‘rganildi.
Ulug‘bek Rasulov 2026-yilning ikkinchi choragi bo‘yicha axborot berdi

#deputat_axboroti #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Ulug‘bek Rasulov 2026-yilning ikkinchi choragi bo‘yicha axborot berdi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 25-“Qatortol” saylov okrugidan saylangan deputati Ulug‘bek Rasulov tomonidan Chilonzor tumanining “Nafosat” mahallasida saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, 2026-yilning ikkinchi choragi davomida amalga oshirilgan deputatlik faoliyati yuzasidan axborot taqdim etildi.

🔺 Uchrashuvda O‘zbekiston Ekologik partiyasi Toshkent shahar partiya tashkiloti raisi S.Fayziyeva, partiyaning Chilonzor tuman Kengashi raisi M.Tursunova, Chilonzor tumani hokimi o‘rinbosari K.Hamroyev, Chilonzor tuman Kengashi kotibiyati mudiri L.Murotova, tuman Kengashi deputati Sh.Saidova, mahalla raisi, hududga xizmat ko‘rsatuvchi boshqaruv servis kompaniyasi vakillari, nuroniylar hamda faol fuqarolar ishtirok etdi.

📝 Deputat o‘z axborotida chorak davomida saylov okrugidagi mahallalarda aholi bilan 6 marotaba uchrashuv o‘tkazilgani, mazkur o‘rganishlar davomida 15 ta dolzarb muammo aniqlanib, tegishli davlat organlari va mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda ijobiy hal etilgani, shuningdek, fuqarolardan kelib tushgan 11 ta murojaat o‘rganilib, ularning yechimi ta’minlangani haqida ma’lumot berdi.

📁 Axborot davomida 25-“Qatortol” saylov okrugidagi mahallalarda olib borilayotgan ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari haqida ham batafsil ma’lumot berildi. Xususan, Beshchinor mahallasida 1 430 kv.m tom qismi ta’mirlanib, 8 ta bolalar maydonchasidagi 27 ta element to‘liq yangilandi. Charx Kamolon-2 mahallasida 1 630 kv.m tom qismi hamda qator ko‘p qavatli uylarning yerto‘la muhandislik kommunikatsiyalari ta’mirlandi.

🔨 Dilobod mahallasida 860 kv.m tom qismi ta’mirlanib, 8 ta bolalar maydonchasidagi jami 45 ta element to‘liq yangilandi. Diyor mahallasida 3 075 kv.m tom qismi ta’mirlandi. Ko‘rkam mahallasida 520 kv.m, Lutfiy mahallasida esa 340 kv.m tom qismi ta’mirdan chiqarildi, shuningdek ayrim ko‘p qavatli uylarning yerto‘la kommunikatsiyalarida ham tegishli ishlar amalga oshirildi.

📍 Uchrashuv o‘tkazilgan Nafosat mahallasida 1 150 kv.m tom qismini joriy ta’mirlash ishlari bajarilgan, 6 ta bolalar maydonchasidagi 20 ta elementni ta’mirlash bo‘yicha vazifalar belgilangan. Qatortol-1 mahallasida 1 320 kv.m tom qismi to‘liq ta’mirlanib, 9 ta bolalar maydonchasidagi 53 ta element to‘liq yangilangan, shuningdek 600 kv.m fasad qismini ta’mirlash ishlari rejalashtirilgan.

🏗 Xalqlar do‘stligi mahallasida esa 7 ta bolalar maydonchasidagi jami 38 ta element to‘liq ta’mirlangan. Oqtepa, Bog‘zor va Charx Kamolon-3 mahallalarida ham bolalar maydonchalari, tom qismlari hamda muhandislik kommunikatsiyalarini ta’mirlash ishlari bosqichma-bosqich davom ettirilmoqda.

🌳 Deputat ta’kidlaganidek, mazkur ishlar ko‘p qavatli uylarning texnik holatini yaxshilash, bolalar uchun xavfsiz va qulay maydonchalar yaratish, muhandislik tarmoqlarini tartibga keltirish hamda mahallalarning umumiy obodonligini oshirishga qaratilgan.

💬 Ochiq muloqot davomida fuqarolar tomonidan sog‘liqni saqlash, hudud infratuzilmasi, qurib qolgan daraxtlarni tartibga keltirish, obodonlashtirish, boshqaruv servis kompaniyasi faoliyatini yaxshilash hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj bir oilaning uyini ta’mirlashga amaliy ko‘mak ko‘rsatish bilan bog‘liq murojaatlar bildirildi.

✅ Yakunda deputat Ulug‘bek Rasulov tomonidan saylovchilar ko‘targan barcha masalalar tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘rganilishi, zarur hollarda deputatlik so‘rovlari yuborilishi hamda ularning ijrosi deputatlik nazoratida olib borilishi ta’kidlandi. Hududlarni obod qilish, infratuzilmani yaxshilash va aholi farovonligini oshirishga qaratilgan ishlarni izchil davom ettirish kelgusidagi ustuvor vazifalar sifatida belgilab olindi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 7