35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
O‘rganish davomida ishsiz fuqarolarni aniqlash, ularni mavjud ish o‘rinlariga yo‘naltirish, qishloq xo‘jaligi va tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish orqali doimiy daromad manbalarini yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
янв.21
Xalq deputatalari Payariq tumani Kengashi deputati tomonidan Gaz ta’minoti Payariq filiali boshlig‘i A.Uralovga deputatlik so‘rovi yuborildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining tegishli doimiy komissiyasi raisi o‘rinbosari Sh.Mirzakulov tomonidan Kengash qarori ijrosi doirasida “Ochiq budjet” tashabbusi asosida amalga oshirilayotgan ta’mirlash ishlari o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 6-Farovon saylov okrugidan saylangan deputati N.Ochilov tomonidan Go‘zal mahallasida yashovchi fuqaroning Majburiy ijro byurosi bilan bog‘liq murojaati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati Xudayberdiyeva Xusniya Buriboyevna tomonidan fuqarolar murojaatlari asosida Gaz ta’minoti Payariq filiali boshlig‘i A.Uralovga deputatlik so‘rovi yuborildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi raisi A.Tavboyev hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi M.Shovqiddinov tomonidan 11-Emalach saylov okrugiga qarashli Gulzor mahallasida navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan tumandagi nomsiz geografik obyektlarga nom berish masalasi o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 11-Emalach saylov okrugidan saylangan deputati A.Tavboyev tomonidan Gulzor mahallasidagi oilaviy poliklinikaning faoliyati bilan yaqindan tanishildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining VII chaqiriq, 29-sessiyasida Mahallalarning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish jamg‘armasi daromadlari va xarajatlari ijrosi yuzasidan O‘zbekiston mahallalari uyushmasi tuman bo‘limi boshlig‘i Z.Turdiyevning hisoboti ko‘rib chiqildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi B.Shakarov tomonidan hududdagi qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan samarali va oqilona foydalanish holati o‘rganildi.
янв.21
Payariq tumani Xalq qabulxonasi binosida tuman hokimi, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Sh.Xudayberdiyev rahbarligida fuqarolarning navbatdagi qabuli o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasining 27.12.2013-yildagi №O‘RQ-363-sonli “Ekologik nazorat to‘g‘risida”gi Qonuni hamda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Xo‘jabargi MFY hududidagi “Xo‘jabargi Ato” qabristonida keng ko‘lamli hashar tashkil etildi.
#tavsiyalar
#162_qonun
#muhim_qarorlar


O‘zbekiston Respublikasining 27.12.2013-yildagi №O‘RQ-363-sonli “Ekologik nazorat to‘g‘risida”gi Qonuni hamda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Xo‘jabargi MFY hududidagi “Xo‘jabargi Ato” qabristonida keng ko‘lamli hashar tashkil etildi.

Mazkur hasharda Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi deputati K. Yodgorova boshchiligida mahalla fuqarolari faol ishtirok etib, qabriston hududini tozalash, tartibga keltirish hamda obodonlashtirish ishlarini amalga oshirdilar.

Hashar ishlari Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Z. Temirova tomonidan samarali muvofiqlashtirildi.

Bunday ezgu tashabbuslar hududlarni obodonlashtirish bilan bir qatorda ajdodlar xotirasiga hurmat ko‘rsatish, mahalla birdamligini mustahkamlash hamda milliy qadriyatlarimizni amalda namoyon etishga xizmat qiladi.

Xalq deputatlari
Kogon shahar Kengashi
axborot xizmati
Telegram. Instagram. Facebook. Youtube. E-kengash
Slide 1 of 7