35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishida tuman Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i F. Muxtorovning hisoboti ko‘rib chiqildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 1-Do‘stlik saylov okrugidan saylangan deputati O‘.Omonov tomonidan Do‘stlik mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaroning murojaati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi A.Maxammatov, Kengash kotibiyati mudiri J.Axunov hamda tuman hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari M.Alibekov tomonidan hududda qishloq xo‘jaligi ekinlarini suv bilan ta’minlash holati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 18-O‘rtasaydov saylov okrugidan saylangan deputati L.Djamalova tomonidan navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan Sarbozor mahallasida joyiga chiqqan holda o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati tomonidanTuman Yo‘llardan foydalanish UK direktori A.Ashurovga deputatlik so‘rovi yuborildi.
янв.21
Payariq tumanida obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan kо‘rsatiladigan obodonlashtirish va maishiy chiqindi olib chiqish xizmatlari uchun tо‘lov tariflari miqdorini tasdiqlash tо‘g‘risidagi masala doimiy komissiya yig'ilishida ko'rib chiqildi
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan sug‘oriladigan yerlardan samarali foydalanish, foydalanishdan chiqqan yerlarni qayta muomalaga kiritish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan qaror tasdiqlandi.
янв.21
Yig‘ilish davomida 2026-yil I yarim yilligida byudjet daromadlari ijrosi hamda II yarim yillik uchun belgilangan daromadlarni ta’minlash chora-tadbirlari muhokama qilindi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 3-Paxtakor saylov okrugidan saylangan deputati M.Musurmanov tomonidan Birlashuv mahallasida fuqarolarning murojaatlari o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo'yicha doimiy komissiya yig'ilishida
#deputatlik_faoliyati

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati Sh.Madaminova tomonidan Qashqar mahalla fuqarolar yig‘iniga biriktirilgan nuroniylar bilan navbatdagi samimiy uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv davomida mahallada amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada mustahkamlash, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda nuroniylarning jamiyat hayotidagi o‘rni va faolligini oshirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Deputat Sh.Madaminova nuroniylarning taklif va mulohazalarini tinglab, ularning boy hayotiy tajribasi mahalla tinchligi, oilalar mustahkamligi hamda yosh avlodni komil inson etib tarbiyalashda muhim o‘rin tutishini alohida ta’kidladi.

Muloqot davomida nuroniylar tomonidan ilgari surilgan taklif va tavsiyalar mahallani yanada obod etish, aholi farovonligini oshirish hamda ijtimoiy-ma’naviy muhitni mustahkamlash borasidagi ishlarda inobatga olinishi qayd etildi.

Deputat tomonidan nuroniylar bilan bunday ochiq muloqotlarni muntazam tashkil etish, ularning hayotiy tajribasidan samarali foydalanish va fuqarolar bilan yaqin hamkorlikni yanada kuchaytirishga alohida e’tibor qaratilishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 2