35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 22-To‘polos saylov okrugidan saylangan deputati X.Raxmonova tomonidan To‘polos mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaroning murojaati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zosi O‘. Omonov tomonidan tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi raisi A.Tavboyev ishtirokida Tuman axborot-kutubxona markazida yoshlar bilan “Yoshlar va ma’naviyat” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 7-Boshcho‘rosh saylov okrugidan saylangan deputati J.Axunov tomonidan Boshcho‘rosh mahallasi aholisining ichki yo‘lni asfaltlashtirish hamda piyodalar yo‘lagi qurish bo‘yicha murojaati o‘rganildi.
янв.21
Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi B. Shakarov tomonidan tuman elektr tarmoqlari bo‘limida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 31-avgustdagi 555-son qarori ijrosi o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining Reglament va deputatlik odob-axloqi masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi L. Djamalova, komissiya a’zolari hamda Kengash kotibiyati mudiri J. Axunov ishtirokida Kengashning ish rejalari ijrosi va deputatlik so‘rovlarining natijalari muhokama qilindi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi B.Shakarov tomonidan Go‘zal mahallasida ko‘cha va hududlarni tungi yoritish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 16-Mustaqillik saylov okrugidan saylangan deputati M.Kazakova tomonidan fuqaroning bandlik masalasiga oid murojaati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 6-Farovon saylov okrugidan saylangan deputati N.Ochilova tomonidan Mustaqillik mahallasida xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar holati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zosi M.Kazakova hamda tuman hokimining o‘rinbosari U.Quvatov tomonidan Turkibola mahallasida amalga oshirilayotgan “Zarbdor tajribasi” loyihalari ijrosi joyiga chiqib o‘rganildi.
#haftalik_ish_reja_ijrosi #biriktirilgan_tashkilot #KQ_6 #deputat_faoliyati #kotibiyat_xodimi_faoliyati 🗣Biriktirilgan tashkilot faoliyati o‘rganildi: Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik masalalari nazoratda

💬Shu maqsadda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 29-noyabrdagi KQ-6-V-sonli Qarori ijrosini ta’minlash, hududda kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash borasidagi ishlar samaradorligini oshirish maqsadida Kengashning 18-“Mehrobod” saylov okrugi deputati B.Xollozovga biriktirilgan Termiz shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limida navbatdagi nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi.

💬Tadbirda xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyati mudiri, deputat A.Ashurov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi R.Mamashukurov ishtirok etdi.

Nazorat-tahlil davomida biriktirilgan tashkilotda kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlarning amaliy holati atroflicha o‘rganildi.
Jumladan:
“Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida belgilangan vazifalarning ijro etilishi;
ishsiz fuqarolarni bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga tayyorlash va qayta tayyorlash borasidagi ishlarning natijadorligi;
kam ta’minlangan oilalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash uchun ajratilayotgan mablag‘larning manzilliligi va shaffofligi;
yangi ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha belgilangan prognoz ko‘rsatkichlarining bajarilishi;
kambag‘al oilalarni barqaror daromad manbaiga chiqarish va ularning iqtisodiy faolligini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
O‘rganish davomida tashkilot faoliyatidagi mavjud ijobiy natijalar bilan bir qatorda, hal etilishi lozim bo‘lgan ayrim muammolar va tizimli masalalar ham muhokama qilindi.
Ayniqsa, kambag‘allikni qisqartirishda manzilli va individual yondashuvni kuchaytirish, ishsiz fuqarolarni doimiy ish bilan ta’minlash, kasb-hunarga o‘qitish hamda aholining daromadlarini oshirishga qaratilgan amaliy ishlarni yanada kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.
Nazorat-tahlil yakunlari bo‘yicha tashkilot mas’ullariga:
aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha manzilli ishlarni kuchaytirish;
ishsiz fuqarolarni mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblarga yo‘naltirish;
kambag‘al oilalar bilan individual ishlashni yanada kuchaytirish;
ajratilayotgan mablag‘larning maqsadli va samarali yo‘naltirilishini ta’minlash;
yangi ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha belgilangan ko‘rsatkichlarning bajarilishini ta’minlash;
Senat Kengashi qarorida belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish yuzasidan tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.
O‘rganish davomida aniqlangan masalalarni bartaraf etish va kelgusida ushbu yo‘nalishdagi ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish lozimligi qayd etildi.
Biriktirilgan tashkilotlar faoliyatini o‘rganish va deputatlik nazoratini amalga oshirish — davlat dasturlari, qonun hujjatlari hamda Senat qarorlarida belgilangan vazifalarning joylarda samarali ijrosini ta’minlashga xizmat qiladi.