35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 22-To‘polos saylov okrugidan saylangan deputati X.Raxmonova tomonidan To‘polos mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaroning murojaati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zosi O‘. Omonov tomonidan tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi raisi A.Tavboyev ishtirokida Tuman axborot-kutubxona markazida yoshlar bilan “Yoshlar va ma’naviyat” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 7-Boshcho‘rosh saylov okrugidan saylangan deputati J.Axunov tomonidan Boshcho‘rosh mahallasi aholisining ichki yo‘lni asfaltlashtirish hamda piyodalar yo‘lagi qurish bo‘yicha murojaati o‘rganildi.
янв.21
Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi B. Shakarov tomonidan tuman elektr tarmoqlari bo‘limida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 31-avgustdagi 555-son qarori ijrosi o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining Reglament va deputatlik odob-axloqi masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi L. Djamalova, komissiya a’zolari hamda Kengash kotibiyati mudiri J. Axunov ishtirokida Kengashning ish rejalari ijrosi va deputatlik so‘rovlarining natijalari muhokama qilindi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi B.Shakarov tomonidan Go‘zal mahallasida ko‘cha va hududlarni tungi yoritish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 16-Mustaqillik saylov okrugidan saylangan deputati M.Kazakova tomonidan fuqaroning bandlik masalasiga oid murojaati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 6-Farovon saylov okrugidan saylangan deputati N.Ochilova tomonidan Mustaqillik mahallasida xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar holati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zosi M.Kazakova hamda tuman hokimining o‘rinbosari U.Quvatov tomonidan Turkibola mahallasida amalga oshirilayotgan “Zarbdor tajribasi” loyihalari ijrosi joyiga chiqib o‘rganildi.
Mirjalol Qosimov 2026-yilning ikkinchi choragi bo‘yicha axborot berdi

#deputat_axboroti #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Mirjalol Qosimov 2026-yilning ikkinchi choragi bo‘yicha axborot berdi

🏛 Sergeli tumanidagi “Saxovat” va “Qipchoq” mahallalarida Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Mirjalol Qosimov aholi va saylovchilar bilan uchrashib, hududlarda amalga oshirilgan ishlar hamda mavjud masalalar yuzasidan axborot berdi. Unda Sergeli tumani hokimi Davron Ismatov, tuman hokimligi mas’ul xodimlari, O‘zLiDep tuman Kengashi mas’ul xodimi, mahalla raislari, “mahalla yettiligi” vakillari, nuroniylar, xotin-qizlar, yoshlar hamda faol fuqarolar ishtirok etdi.

🗣 Uchrashuv avvalida deputat tomonidan 2026-yilning ikkinchi choragi davomida amalga oshirilgan deputatlik faoliyati yuzasidan axborot berildi. Hisobot davrida deputat hududlarni rivojlantirish, aholi murojaatlarini hal etish, obodonlashtirish, ijtimoiy himoya va infratuzilmani yaxshilashga oid masalalar yuzasidan o‘z takliflarini bildirib bordi.

🛣 “Saxovat” mahallasida hudud infratuzilmasini yaxshilash doirasida 10 000 kvadrat metr ichki yo‘l asfaltlandi, 2 300 kvadrat metr piyodalar yo‘lagi barpo etildi hamda 4 000 metr bordyur yotqizildi.

🔺 Aholi, ayniqsa, bolalar va yoshlar uchun qulay sharoit yaratish maqsadida 11 ta bolalar maydonchasida qurilish ishlari olib borilmoqda, yana 2 ta bolalar maydonchasi barpo etildi. Shuningdek, 1 ta workout maydonchasi va 1 ta futbol maydoni tashkil etildi.

💧 Mahallada yashil hududlarni sug‘orish uchun 1 ta quduq qazilib, 2 kilometr sug‘orish tizimi barpo etildi. Hududga qo‘shimcha 350 tup daraxt ekildi, kasallangan daraxtlarni davolash ishlari olib borildi.

🏢 Shu bilan birga, 24 ta ko‘p qavatli uyning fasadi va kirish yo‘laklari ta’mirlandi, 3 ta nuroniylar maskanida qurilish ishlari olib borildi. Hududga 50 ta o‘rindiq va chiqindi qutisi, 5 ta ayvon o‘rnatilib, mahallaga kirish qismida arka barpo etildi.

📍 “Qipchoq” mahallasida esa 7 000 kvadrat metr ichki yo‘l asfaltlandi, 1 800 kvadrat metr piyodalar yo‘lagi barpo etildi hamda 2 700 metr bordyur yotqizildi.

📉 Mahallada 6 ta bolalar maydonchasida qurilish ishlari davom etmoqda, yana 1 ta yangi bolalar maydonchasi barpo etildi. Bundan tashqari, 1 ta workout maydonchasi va 1 ta futbol maydoni tashkil etildi.

🌳 Ko‘kalamzorlashtirish va sug‘orish tizimini yaxshilash maqsadida 1 ta quduq qazilib, 1,5 kilometr sug‘orish tizimi barpo etildi. Hududga 200 tup qo‘shimcha daraxt ekildi, kasallangan daraxtlarni davolash ishlari amalga oshirildi.

🏘 “Qipchoq” mahallasidagi 14 ta ko‘p qavatli uyning fasadi va kirish yo‘laklari ta’mirlandi, 2 ta nuroniylar maskanida qurilish ishlari olib borildi. Shuningdek, hududga 30 ta o‘rindiq va chiqindi qutisi o‘rnatilib, mahallaga kirish qismida arka barpo etildi.

🤝 Uchrashuv davomida hisobot amaliy muloqotga ulanib, fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar Sergeli tumani hokimi Davron Ismatov, deputat Mirjalol Qosimov hamda mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirokida joyida muhokama qilindi. Ichki yo‘llar, obodonlashtirish, kommunal xizmatlar, ijtimoiy himoya va mahalla infratuzilmasiga oid masalalar yuzasidan tegishli vazifalar belgilab olindi.

✅ Yakunda deputat Mirjalol Qosimov saylovchilar bilan ochiq muloqotni izchil davom ettirish, fuqarolar tomonidan ko‘tarilayotgan masalalarni joyiga chiqqan holda o‘rganish hamda “Saxovat” va “Qipchoq” mahallalarida amalga oshirilayotgan ishlarni deputatlik nazoratida davom ettirishini ta’kidladi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 10