35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zosi U.Omonov tomonidan Aliobod mahallasida dastur ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatalari Payariq tumani Kengashi deputati tomonidan tuman Yo‘llardan foydalanish UK direktori A.Ashurovga deputatlik so'rovi yuborildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 6-Farovon saylov okrugidan saylangan deputati N.Ochilova tomonidan “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi rahbari A.Tamiqayevning faoliyati yaqindan o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi kotibi N.Ochilova tomonidan Go‘zal mahallasi hokim yordamchisining faoliyati o‘rganildi.
янв.21
O‘rganish davomida mazkur yo‘nalishda tuman hokimi o‘rinbosari M. Alibekovning hisobotida keltirilgan ma’lumotlar, sug‘oriladigan yer maydonlaridan samarali foydalanish hamda foydalanishdan chiqqan yerlarni qayta qishloq xo‘jaligi oborotiga kiritish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
янв.21
XALQ DEPUTATLARI PAYARIQ TUMANI KENGASHINING 17-21-AVGUST KUNLARIGA MO'LJALLANGAN REJA-GRAFIGI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI PAYARIQ TUMANI KENGASHINING 17-21-AVGUST KUNLARIGA MO'LJALLANGAN REJA-GRAFIGI
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 15-Toshhovuz saylov okrugidan saylangan deputati F.Dehqonova tomonidan saylov okrugi hududida fuqarolarning murojaatlari o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 2026-yil 20-yanvardagi VII-20-6-7-100-K/26-son qarori ijrosi taminlanmoqda
янв.21
Xudoyberdiyeva Xusniya Buriboyevnaning deputatlik so‘roviga Payariq tumani Elektr tarmoqlari korxonasi boshlig‘i Sh.Burxonovdan javob olindi.
#doimiy_komissiya

Ayni daqiqalarda Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi davom etmoqda.

Hisobotda "Yashil makon" umumilliy loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar, ekologik nazorat tadbirlari hamda aholi o‘rtasida ekologik madaniyatni yuksaltirish borasida olib borilgan targ‘ibot ishlari haqida ma'lumot berildi. Jumladan, ta'lim muassasalari, mahallalar va korxona-tashkilotlarda davra suhbatlari, tushuntirish ishlari hamda turli targ‘ibot tadbirlari tashkil etilgani qayd etildi.

Muhokamalar davomida deputatlar tomonidan hisobot yuzasidan qator savol va takliflar bildirildi. Xususan, Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati A. Ermatov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 25-martdagi "Atmosfera havosi sifatini yaxshilashga qaratilgan "Toza havo" umummilliy loyihasini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PF-46-son Farmoni ijrosiga alohida to‘xtaldi.

Deputat mazkur Farmonga muvofiq 2026-yil 1-maydan boshlab har oyning 10 va 25-sanalarida "Avtomobilsiz kun" aksiyalarini o‘tkazish belgilanganini eslatib, ushbu tashabbusning Marg‘ilon shahridagi ijrosi amalda yetarli darajada ko‘zga tashlanmayotganini ta'kidladi. Shu munosabat bilan mas'ul tashkilotlar tomonidan Farmon talablarini to‘liq va samarali amalga oshirish, "Avtomobilsiz kun" aksiyalarini tizimli tashkil etish hamda bu boradagi targ‘ibot ishlarini yanada kuchaytirish zarurligi yuzasidan o‘z fikr va takliflarini bildirdi.

Slide 1 of 1