35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov tomonidan Juvozxona mahallasida aholining ichimlik suvi ta’minoti bilan bog‘liq murojaati joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi o‘rinbosari Z.Turdiyev hamda tuman hokimining birinchi o‘rinbosari E.Eshonqulov ishtirokida ishsiz aholini tadbirkorlikka jalb etish masalasi o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 12-Yangiobod saylov okrugidan saylangan deputati N.Parmanova tomonidan Yangiobod mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaroning murojaati o‘rganildi.
янв.21
Payariq tumani hokimi Sh. Xudayberdiyev sayyor qabulda ko‘tarilgan masalalarni ijobiy hal etish, fuqarolarni qiynayotgan muammolarga amaliy yechim topish maqsadida tuman hokimi tegishli mas’ullar bilan birgalikda murojaatlarni joyiga chiqib o‘rgandi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 12-Yangiobod saylov okrugidan saylangan deputati N.Parmanova tomonidan navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan Madaniyat mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 8-O‘rtato‘sin saylov okrugidan saylangan deputati B.Shakarov tomonidan Ko‘ltusin mahallasidagi oilaviy poliklinikada aholiga bepul beriladigan dori vositalari bilan ta’minlash holati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 2-Dehqonobod saylov okrugidan saylangan deputati S.Maxkamov Juvozxona mahallasida bo‘lib, aholi bilan uchrashdi va fuqarolarning bandligi bilan bog‘liq masalalarni yaqindan o‘rgandi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi B.Shakarov tomonidan Ko‘ltusin mahallasida joylashgan oilaviy poliklinikada olib borilayotgan qurilish ishlari bilan yaqindan tanishildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 18-O‘rtasaydov saylov okrugidan saylangan deputati L.Djamalova tomonidan hududdagi xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga o‘rgatish va tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish masalalari o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining VII chaqiriq, 29-sessiyasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-noyabrdagi PQ-405-son qarori bilan tasdiqlangan “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturining tumandagi ijrosi yuzasidan masala ko‘rib chiqildi.
Yoshlar markazida “Book Cafe” kutubxonasi foydalanishga topshirildi

Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi deputatlari U.Akkulov, P.Tojiboyev va kotibiyat mudiri M.G'oibnazarovlar tuman Yoshlar markazi binosida tashkil etilgan “Book Cafe” (kutubxona) ning tantanali ochilish marosimida ishtirok etdilar.

Ochilish marosimida Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a'zolari ham faol ishtirok etib, mazkur maskanning yoshlar ma'naviyati va kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishdagi ahamiyati haqida fikr bildirdilar.

Marosim davomida deputatlar ramziy lenta kesish orqali kutubxonani foydalanishga topshirdilar hamda yoshlar va kitobxonlar uchun yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.

Kutubxonada kitob mutolaasi uchun qulay o‘quv zonalari, zamonaviy jihozlar, badiiy, ilmiy va ommabop adabiyotlar fondi, shuningdek, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga xizmat qiluvchi zamonaviy muhit yaratilgani e'tirof etildi.

Slide 1 of 3