35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
O‘rganish davomida ishsiz fuqarolarni aniqlash, ularni mavjud ish o‘rinlariga yo‘naltirish, qishloq xo‘jaligi va tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish orqali doimiy daromad manbalarini yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
янв.21
Xalq deputatalari Payariq tumani Kengashi deputati tomonidan Gaz ta’minoti Payariq filiali boshlig‘i A.Uralovga deputatlik so‘rovi yuborildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining tegishli doimiy komissiyasi raisi o‘rinbosari Sh.Mirzakulov tomonidan Kengash qarori ijrosi doirasida “Ochiq budjet” tashabbusi asosida amalga oshirilayotgan ta’mirlash ishlari o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 6-Farovon saylov okrugidan saylangan deputati N.Ochilov tomonidan Go‘zal mahallasida yashovchi fuqaroning Majburiy ijro byurosi bilan bog‘liq murojaati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi raisi A.Tavboyev hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi M.Shovqiddinov tomonidan 11-Emalach saylov okrugiga qarashli Gulzor mahallasida navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan tumandagi nomsiz geografik obyektlarga nom berish masalasi o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati Xudayberdiyeva Xusniya Buriboyevna tomonidan fuqarolar murojaatlari asosida Gaz ta’minoti Payariq filiali boshlig‘i A.Uralovga deputatlik so‘rovi yuborildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 11-Emalach saylov okrugidan saylangan deputati A.Tavboyev tomonidan Gulzor mahallasidagi oilaviy poliklinikaning faoliyati bilan yaqindan tanishildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining VII chaqiriq, 29-sessiyasida Mahallalarning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish jamg‘armasi daromadlari va xarajatlari ijrosi yuzasidan O‘zbekiston mahallalari uyushmasi tuman bo‘limi boshlig‘i Z.Turdiyevning hisoboti ko‘rib chiqildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi B.Shakarov tomonidan hududdagi qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan samarali va oqilona foydalanish holati o‘rganildi.
янв.21
Payariq tumani Xalq qabulxonasi binosida tuman hokimi, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Sh.Xudayberdiyev rahbarligida fuqarolarning navbatdagi qabuli o‘tkazildi.
#huquqiy_axborot_soati #162_qonun 🏛️“Prokuratura to‘g‘risida”gi qonun — qonun ustuvorligi va fuqarolar huquqlarining muhim kafolati

Qonunning asosiy maqsadi mamlakat hududida qonunlarning aniq va bir xilda bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, jamiyat va davlat manfaatlarini qonuniy himoya qilishdan iborat.
Qonunda prokuratura organlarining asosiy faoliyat yo‘nalishlari belgilangan.
Jumladan, prokuratura organlari:
— qonun ustuvorligini ta’minlash va qonuniylikni mustahkamlashga;
— fuqarolarning huquq va erkinliklarini, jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qilishga;
— qonunlarning ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishga;
— jinoyatchilik va huquqbuzarliklarga qarshi kurashishga, ularning oldini olish bo‘yicha tegishli choralarni ko‘rishga;
— jinoyatlar yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda tergovga qadar tekshiruv, dastlabki tergov va boshqa protsessual faoliyatni amalga oshirishga;
— sudlarda ishlarni ko‘rishda qonunda belgilangan tartibda ishtirok etishga;
— qonun ijodkorligi faoliyatida ishtirok etishga;
— aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirish va qonuniylikni targ‘ib qilishga ko‘maklashadi.
Fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish — muhim yo‘nalish
Prokuratura organlari faoliyatining muhim jihatlaridan biri fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish bilan bog‘liq. Fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqish, qonun buzilishi holatlariga tegishli huquqiy baho berish hamda buzilgan huquqlarni tiklashga qaratilgan choralarni ko‘rish qonuniylikni ta’minlashning muhim mexanizmlaridan biridir.
Shu bilan birga, davlat organlari, tashkilotlar va mansabdor shaxslar tomonidan qonun talablariga rioya etilishi ustidan nazorat olib borilishi jamiyatda qonuniylik va huquqiy tartibni mustahkamlashga xizmat qiladi.
Prokuratura faoliyatining muhim prinsipi — mustaqillik
“Prokuratura to‘g‘risida”gi Qonunda prokuratura organlari faoliyatining asosiy prinsiplari ham mustahkamlangan.
Prokuratura organlari o‘z vakolatlarini boshqa davlat organlari, jamoat birlashmalari va mansabdor shaxslardan mustaqil ravishda, faqat qonunga bo‘ysungan holda amalga oshiradi.
Bu prinsip prokuratura faoliyatining xolisligi, qonuniyligi va samaradorligini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega. Prokuratura organlari tomonidan qonun hujjatlarining buzilishiga yo‘l qo‘yilmasligi, aniqlangan qonunbuzilish holatlarining o‘z vaqtida bartaraf etilishi hamda fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishi qonun ustuvorligining amaliy ifodasidir.
Qonun ustuvorligi — jamiyat barqarorligining asosidir
Jamiyatda qonun ustuvorligini ta’minlash faqat davlat organlarining emas, balki har bir fuqaroning qonunlarga hurmat bilan munosabatda bo‘lishini ham taqozo etadi. Qonun talablariga rioya etilishi, huquq va majburiyatlarning to‘g‘ri anglanishi hamda huquqiy madaniyatning yuksalishi jamiyatda adolat va qonuniylik muhitini shakllantirishga xizmat qiladi.
Shu nuqtayi nazardan, “Prokuratura to‘g‘risida”gi Qonun prokuratura organlari faoliyatining huquqiy asoslarini belgilash bilan birga, mamlakatda qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish hamda jamiyat va davlat manfaatlarini qonuniy ta’minlashning muhim huquqiy kafolatlaridan biri hisoblanadi.
Qonun ustuvor bo‘lgan jamiyatda inson huquqlari, adolat va qonuniylik oliy qadriyat sifatida e’tirof etiladi.