35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatalari Payariq tumani Kengashi deputati tomonidan tuman hokimining o‘rinbosari U.Quvatovga deputatlik so'rovi yuborildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zosi M. Kazakova tomonidan tumandagi geografik obyektlarga nom berish hamda ularni qayta nomlash masalasi yuzasidan mahalla fuqarolari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov tomonidan “Samarqand suv ta’minoti” AJ tuman filiali boshlig‘i J.Abdullayev bilan birgalikda “Javshar ota” mahallasida joylashgan suv inshootining texnik holati o‘rganildi.
янв.21
Tuman Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a’zosi S.Sa’dullayeva tomonidan fuqaroning murojaati joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati tomonidan 2027-yilda tasdiqlanadigan dasturlarga takliflar kiritildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi M.Nurmanova tomonidan hududda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda qurilish-obodonlashtirish ishlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati F.Shakarov tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 24-martdagi O‘RQ-1123-sonli “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan 1-son sport maktabida o‘rganish olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 8-O‘rtato‘sin saylov okrugidan saylangan deputati B.Shakarov tomonidan 36-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘lib, muassasada ta’lim-tarbiya jarayonining tashkil etilishi, yaratilgan shart-sharoitlar hamda tarbiyalanuvchilarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar bilan yaqindan tanishildi.
янв.21
Tuman Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a’zosi S.Sa’dullayeva tomonidan Bahor mahallasida ko‘cha boshilari va fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARINI BIRGALIKDA HAL ETISH BO‘YICHA HAMKORLIK MUHOKAMA QILINDI
GUZAR MAHALLASIDA GAZ TA’MINOTI VA “YOSHLAR MEHNAT GUZARI” LOYIHASI DEPUTATLIK NAZORATIDA

#Deputatlik_nazorati #Kotibiyat_hududlarda #24_ta_tavsiyaviy_savol #haftalik_ish_reja_ijrosi #dolzarb_40_kunlik #deputatlik_guruhlari

GUZAR MAHALLASIDA GAZ TA’MINOTI VA “YOSHLAR MEHNAT GUZARI” LOYIHASI DEPUTATLIK NAZORATIDA

📂 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-iyundagi PQ–280-son qarori hamda mahalliy Kengash deputatlarining 24 ta tavsiyaviy savolnomasi ijrosi doirasida "Adolat" SDPning xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashidagi deputatlik guruhi a'zolari, tuman deputatlari Tuxtasinov Ilhomjon Madaminovich hamda Usmanov Anvar Baxramovichlar tomonidan Guzar mahallasida gaz ta’minoti tizimi va “Yoshlar mehnat guzari” loyihasi joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

🕯 O‘rganish davomida mazkur loyiha uchun o‘rnatilgan GTP uskunasining texnik holati mutaxassislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi hamda kuz-qish mavsumida tabiiy gazni uzluksiz va xavfsiz yetkazib berish masalalari muhokama qilindi.

📁 Shuningdek, “Yoshlar mehnat guzari” obyektidan maqsadli foydalanish, uni belgilangan muddatlarda ishga tushirish va tabiiy gaz ta’minotini barqaror yo‘lga qo‘yish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi. Aniqlangan masalalar bo‘yicha deputatlik so‘rovi kiritish hamda loyiha ijrosini deputatlik nazoratida olib borish belgilandi.

Slide 1 of 4