35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Tuman Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a’zosi S.Sa’dullayeva tomonidan fuqaroning murojaati joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati tomonidan 2027-yilda tasdiqlanadigan dasturlarga takliflar kiritildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati F.Shakarov tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 24-martdagi O‘RQ-1123-sonli “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan 1-son sport maktabida o‘rganish olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi M.Nurmanova tomonidan hududda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda qurilish-obodonlashtirish ishlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 8-O‘rtato‘sin saylov okrugidan saylangan deputati B.Shakarov tomonidan 36-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘lib, muassasada ta’lim-tarbiya jarayonining tashkil etilishi, yaratilgan shart-sharoitlar hamda tarbiyalanuvchilarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar bilan yaqindan tanishildi.
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARINI BIRGALIKDA HAL ETISH BO‘YICHA HAMKORLIK MUHOKAMA QILINDI
янв.21
Tuman Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a’zosi S.Sa’dullayeva tomonidan Bahor mahallasida ko‘cha boshilari va fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov, Xalq qabulxonasi yetakchi mutaxassisi J.To'ynazarov hamda “Madad” NNT hamkorligida O‘zbekiston mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro N.Namozovning beton ustunlarga elektr simlarini tortish hamda 937-sonli Qonun ijrosi yuzasidan qilgan murojaati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 8-O‘rtato‘sin saylov okrugidan saylangan deputati B.Shakarov tomonidan hududdagi poliklinikada bo‘lib, tibbiyot muassasasida aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati, dori vositalari bilan ta’minlanganlik amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq tashkil etilishi holati joyida o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati Z.Turdiyev tomonidan 9-Botmon saylov okrugi hududida navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan "Qishloq xo‘jaligida sug‘oriladigan maydonlardan samarali foydalanish hamda foydalanishdan chiqqan yerlarni qayta foydalanishga kiritish yuzasidan tuman hokimi o‘rinbosarining hisoboti" masalasi yuzasidan joyiga chiqib o‘rganish ishlari olib borildi.
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

 📌 Sherobod tumani Kengashida deputatlarning odob-axloq qoidalariga rioya etishi masalalari muhokama qilindi

📍 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi raisi O. Tursunov rahbarligida Kengash deputatlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.

📖 Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2023-yil 25-martdagi KQ-476-IV-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi deputatlarining namunaviy odob-axloq qoidalari” talablari, ularning deputatlik faoliyatidagi o‘rni va ahamiyati hamda mazkur qoidalarga rioya etish masalalari muhokama qilindi.

💬 Tadbir davomida deputatlarning o‘z vakolatlarini amalga oshirishda mas’uliyat, xolislik va qonuniylik tamoyillariga amal qilishi, fuqarolar bilan muloqot jarayonida yuksak odob-axloq me’yorlariga rioya etishi yuzasidan fikr almashildi.

✅ Yig‘ilish yakunida deputatlarga belgilangan odob-axloq qoidalariga qat’iy amal qilish, xalq manfaatlarini ustuvor vazifa sifatida belgilash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 6