19¹-modda
🚰 DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA O‘RGANISH O‘TKAZILDI
👥 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 12-Cho‘moshli-Taroqli saylov okrugi deputati F. Shermuxamedova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi S. Safarov tomonidan saylov okrugida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan deputatlik nazorati doirasida o‘rganish olib borildi.
🏗 O‘rganish davomida To‘palang suv omboridan Surxondaryo viloyatiga toza ichimlik suvi yetkazib berish loyihasi doirasida Sherobod tumanida olib borilayotgan magistral suv quvurlarini tortish ishlari bilan tanishildi.
📌 Jarayon davomida amalga oshirilayotgan qurilish-montaj ishlari, loyihaning borishi hamda belgilangan vazifalarning ijrosi holati ko‘zdan kechirildi.
💧 Mazkur loyiha hudud aholisini sifatli va barqaror ichimlik suvi bilan ta’minlash, ichimlik suvi infratuzilmasini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.