35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi A.Maxammatov, Kengash kotibiyati mudiri J.Axunov hamda tuman hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari M.Alibekov tomonidan hududda qishloq xo‘jaligi ekinlarini suv bilan ta’minlash holati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 18-O‘rtasaydov saylov okrugidan saylangan deputati L.Djamalova tomonidan navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan Sarbozor mahallasida joyiga chiqqan holda o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Payariq tumanida obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan kо‘rsatiladigan obodonlashtirish va maishiy chiqindi olib chiqish xizmatlari uchun tо‘lov tariflari miqdorini tasdiqlash tо‘g‘risidagi masala doimiy komissiya yig'ilishida ko'rib chiqildi
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati tomonidanTuman Yo‘llardan foydalanish UK direktori A.Ashurovga deputatlik so‘rovi yuborildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan sug‘oriladigan yerlardan samarali foydalanish, foydalanishdan chiqqan yerlarni qayta muomalaga kiritish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan qaror tasdiqlandi.
янв.21
Yig‘ilish davomida 2026-yil I yarim yilligida byudjet daromadlari ijrosi hamda II yarim yillik uchun belgilangan daromadlarni ta’minlash chora-tadbirlari muhokama qilindi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 3-Paxtakor saylov okrugidan saylangan deputati M.Musurmanov tomonidan Birlashuv mahallasida fuqarolarning murojaatlari o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo'yicha doimiy komissiya yig'ilishida
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov tomonidan Kengashning tegishli qarori ijrosi doirasida “Ochiq budjet” loyihasi asosida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining VII chaqiriq, 29-sessiyasida inklyuziv ta’lim sinflari faoliyat yuritayotgan maktablarda o‘quvchilar uchun qulay va to‘siqsiz muhit yaratish masalasi ko‘rib chiqildi.
DEPUTATLIK NAZORATI: FUQAROLAR MUROJAATLARI E’TIBOR MARKAZIDA

Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputati Usmanov Nigmatulla Rixsiboyevich tomonidan mahalla aholisidan kelib tushgan murojaatlar asosida hududda faoliyat yuritayotgan “Usmon Shashlik” va “Polvon Shashlik” umumiy ovqatlanish shoxobchalarida o‘rganish ishlari olib borildi.

🤝O‘rganish davomida tadbirkorlik subyektlari vakillari bilan profilaktik suhbat o‘tkazildi. Suhbatda ovqat tayyorlash jarayonida hosil bo‘layotgan tutun va hidning atrofdagi aholi xonadonlariga noqulaylik tug‘dirayotgani, fuqarolardan ushbu masala yuzasidan ko‘plab murojaatlar kelib tushayotgani alohida ta’kidlandi.

⚖️Shuningdek, sanitariya-gigiyena me’yorlari, ekologik talablar hamda jamoat osoyishtaligiga rioya etish, tutun va hidning tarqalishini kamaytirish bo‘yicha zarur texnik choralarni ko‘rish yuzasidan tadbirkorlarga tegishli tavsiya va tushuntirishlar berildi.

✅Mazkur masala deputatlik nazoratiga olinib, aholi uchun qulay va sog‘lom yashash muhitini ta’minlash borasidagi ishlar izchil davom ettiriladi.

Bizni kuzatishda davom eting!

Slide 1 of 3