35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov Baxrin mahallasi fuqarolar yig‘ini raisi ishtirokida mahalladagi ichimlik suvi ta’minoti holati bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati N.Parmanova tomonidan Tuman Yo‘llardan foydalanish UK direktori A.Ashurovga deputatlik so‘rovi yuborildi.
янв.21
Yoshlar maslahat guruhi a’zosi F.O‘ktamov hamda tumani hokimi o‘rinbosari E.Mamadiyorov tomonidan hududdagi piyodalar yo‘laklarida yaratilgan shart-sharoitlar o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi tomonidan 27-31-iyul kunlari belgilangan ish rejasining ijrosi doirasida bir qator ishlar amalga oshirildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi tomonidan 27-31-iyul kunlari belgilangan ish rejasining ijrosi doirasida bir qator ishlar amalga oshirildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining navbatdagi 29-sessiyasida viloyat Kengashi deputatlari Nurmatova Nilufar Ziyadullayevna, Yusupova Zebiniso Abdusattorovna hamda Norboyeva Sohiba Otakulovnalar ishtirok etishdilar.
янв.21
Payariq tumanida 2026-yilning I yarim yilligida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida tuman hokimi Xudayberdiyev Shunqor Farmonovichning hisoboti sessiya kun tartibida ko'rib chiqildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov kunlik ish rejasiga muvofiq, Baxrin mahallasi fuqarolar yig‘ini raisi ishtirokida Baxrin mahallasining Yuqori Baxrin qishlog‘ida bo‘ldi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi sessiyasi ishida ovozlarni hisoblash, ovoz berish natijalarini aniqlash hamda nizoli masalalarni hal etish maqsadida deputatlar orasidan sanoq komissiyasi tuzildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi sessiyasida sessiya kotibi etib 21-Zarafshond saylov okrugidan saylangan deputat Mirzaqulov Shoxrux Urinovich nomzodi taklif etildi va deputatlar tomonidan tasdiqlandi.
Yakkasaroy tumanidagi elektr ta’minoti va xavfsizlik masalasi deputatlik so‘rovi orqali ko‘tarildi

#deputat_soʻrovi #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️ Yakkasaroy tumanidagi elektr ta’minoti va xavfsizlik masalasi deputatlik so‘rovi orqali ko‘tarildi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Vasila Alimova tomonidan Yakkasaroy tumani “Rakat” mahalla fuqarolar yig‘ini Muqumiy ko‘chasi 96/6-uy aholisi murojaati asosida Toshkent shahar hokimligi nomiga deputatlik so‘rovi yuborildi.

📩 Murojaatda mazkur hududda joylashgan elektr uzatish tayanchi (stolba) uzoq yillardan buyon eskirgani, elektr simlari tartibsiz holatga kelib qolgani hamda ularning osilib turishi natijasida aholi xavfsizligiga jiddiy xavf tug‘dirayotgani qayd etilgan.

🔎 Deputat tomonidan olib borilgan o‘rganishlar davomida elektr uzatish tayanchining texnik jihatdan eskirgani, elektr simlari amaldagi texnik talablarga muvofiq tartibga keltirilmagani hamda favqulodda holatlar yuzaga kelish ehtimoli mavjudligi aniqlangan. Mazkur holat fotosuratlar bilan ham tasdiqlanib, deputatlik so‘roviga ilova qilingan.

🗣 Shuningdek, ushbu hududda Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining tegishli qarori ijrosi doirasida bolalar maydonchasini qurish ishlari boshlanganligi sababli elektr tarmoqlarini xavfsiz holatga keltirish masalasi yanada dolzarb ekani ta’kidlangan.

📝 Shu munosabat bilan deputat Vasila Alimova “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunning 5 va 8-moddalariga asosan Toshkent shahar hokimligidan mazkur manzildagi elektr uzatish tayanchining texnik holatini mutaxassislar ishtirokida o‘rganish, zarurat bo‘lsa eskirgan tayanchni yangisiga almashtirish, elektr simlarini amaldagi texnik me’yorlar asosida tartibga keltirish, elektr tarmoqlariga xavf tug‘dirayotgan daraxt shoxlarini sanitariya qoidalariga muvofiq butalash hamda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan 10 kun muddatda yozma ma’lumot taqdim etishni so‘radi.

🔺 Mazkur masala aholi xavfsizligini ta’minlash, elektr ta’minotining uzluksiz ishlashi hamda hududdagi obodonlashtirish ishlarini sifatli tashkil etish nuqtayi nazaridan deputat tomonidan nazoratga olingan.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 1