35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov tomonidan 4-Oxunboboyev saylov okrugi Baxrin mahallasining Yuqori Baxrin qishlog‘ida ichki ko‘chalarni shag‘allashtirish ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi faoliyati doirasida deputat, komissiya raisi o‘rinbosari Z.Turdiyev tomonidan tumanda amalga oshirilayotgan ko‘chalarni tungi yoritish tizimini yaxshilash ishlari o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 11-Emalach saylov okrugidan saylangan deputati A.Tavboyev tomonidan Ko‘paki mahallasida ko‘cha boshlari va fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
O‘rganish davomida iste’molchilarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati, fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqish hamda bu borada belgilangan qonun talablari asosida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
янв.21
Payariq tumanida 2026-yilning birinchi yarim yilligida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlar, erishilgan natijalar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan tuman hokimining hisoboti muhokama qilindi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 6-Farovon saylov okrugidan saylangan deputati N.Ochilova mahalla faollari bilan birgalikda hududlarda olib borilayotgan obodonlashtirish ishlarini joyiga chiqib o‘rgandi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 6-Farovon saylov okrugidan saylangan deputati N.Ochilova tomonidan Go‘zal mahallasida yashovchi fuqarolarning murojaati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J. Axunov tomonidan 4-Oxunboboyev okrug Baxrin mahallasining Yuqori Baxrin qishlog‘ida yashovchi fuqarolarning murojaati joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 6-Farovon saylov okrugidan saylangan deputati N.Ochilova mahalla faollari bilan birgalikda fuqarolar murojaatlarini joyiga chiqib o‘rgandi.
янв.21
O‘rganish davomida hududni obodonlashtirish, yashil hududlarni saqlash va kengaytirish, sanitariya holatini yaxshilash hamda amalga oshirilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlarining sifati yuzasidan nazorat olib borildi.
Termiz tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining 2026-yil II chorakdagi faoliyati yuzasidan hisoboti eshitildi

Termiz tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining 2026-yil II chorakdagi faoliyati yuzasidan hisoboti eshitildi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashining navbatdagi sessiyasida Termiz tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i Choriyev Sodiq Baxromovichning “Ichki ishlar organlarining jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklar profilaktikasi” yo‘nalishida 2026-yil II choragi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisoboti deputatlar tomonidan eshitildi.

Hisobotda ta’kidlanganidek, Prezidentimiz tashabbuslari bilan qabul qilingan farmon va qarorlar asosida ichki ishlar organlari faoliyati tubdan takomillashtirilib, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda jinoyatchilikka qarshi kurashishning samarali tizimi yo‘lga qo‘yilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2026-yilning dastlabki 6 oyi davomida Termiz tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar va keng jamoatchilik hamkorligida olib borilgan profilaktik tadbirlar natijasida qotillik, nomusga tegish, talonchilik, bosqinchilik, jinoiy uyushma tashkil etish, qiynash, mansab vakolatidan chetga chiqish, yolg‘on guvohlik berish, giyohvandlik moddalarini iste’mol qilishga jalb etish kabi bir qator og‘ir turdagi jinoyatlar sodir etilishiga yo‘l qo‘yilmaganligi qayd etildi.

Hisobotda tumanda jami 135 ta jinoyat sodir etilgani ma’lum qilindi. Shundan:

102 tasi aniqlanadigan jinoyatlar;
24 tasi oldi olinishi mumkin bo‘lgan jinoyatlar;
11 tasi mahallalarda oldi olinadigan jinoyatlar;
9 tasi axborot texnologiyalaridan foydalangan holda sodir etilgan jinoyatlar hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Shuningdek, sodir etilgan jinoyatlarning:
9 tasi yoshlar;
3 tasi guruhlar;
2 tasi mast holatdagi shaxslar;
3 tasi muqaddam sudlangan shaxslar tomonidan sodir etilgani qayd etildi.

Oldi olinishi mumkin bo‘lgan jinoyatlar soni 29 tadan 24 taga, ya’ni 5 taga yoki 17,2 foizga kamaygan. Jumladan:
qotillik – 1 ta;
og‘ir tan jarohati yetkazish – 2 ta;
o‘g‘irlik – 7 ta;
bezorilik – 1 ta;
firibgarlik – 2 ta;
16 yoshga to‘lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish – 2 ta;
yo‘l-transport hodisalari – 9 ta qayd etilgan.

Aniqlanadigan jinoyatlar soni esa 60 tadan 102 taga, ya’ni 42 taga yoki 70 foizga oshgani ma’lum qilindi. Ular orasida:
odam savdosi – 2 ta;
giyohvandlik va psixotrop moddalar bilan bog‘liq jinoyatlar – 26 ta;
kontrabanda – 43 ta;
pora olish – 2 ta;
pora berish – 2 ta;
davlat mulkini talon-toroj qilish – 4 ta;
chegara qoidasini buzish – 7 ta;
mast shaxsga transport boshqarishiga yo‘l qo‘yish – 4 ta;
hujjat soxtakorligi – 5 ta;
OITS kasalligini tarqatish – 1 ta;
bojxona qonunchiligini buzish – 2 ta;
elektr energiyasi, gaz va suv tarmoqlaridan noqonuniy foydalanish – 2 ta holat aniqlangan.
Yo‘l-transport hodisalari soni ham 14 tadan 9 taga, ya’ni 35,7 foizga kamaygani qayd etildi. Mazkur hodisalar Jo‘yijangal, Amir Temur, Nurli diyor, Bunyodkor, Uchqizil mahallalarida bittadan, Navro‘z va Xalqobod mahallalarida esa ikkitadan sodir etilgan.

Hisobot davomida alohida toifadagi shaxslar tomonidan sodir etilgan 17 ta jinoyat tahlil qilinib, ularning 9 tasi yoshlar, 3 tasi guruhlar, 2 tasi mast holatdagi shaxslar, 3 tasi muqaddam sudlanganlar hamda 3 tasi ishsiz fuqarolar hissasiga to‘g‘ri kelishi ma’lum qilindi.
Shuningdek, "Profilaktika kuni" tadbirlari doirasida barcha hamkor tashkilotlar ishtirokida mahallabay, xonadonbay va oilabay ishlash tizimi yo‘lga qo‘yilgani, xonadonlarga kirib fuqarolarning muammolari o‘rganilib, imkon qadar joyida bartaraf etish choralari ko‘rilayotgani ta’kidlandi.

Hisobot yakunida jinoyat sodir etishga moyil shaxslar bilan ularning yaqin qarindoshlari ishtirokida profilaktik suhbatlar muntazam o‘tkazilayotgani hamda 2026-yil yakuniga qadar jinoyatchilikni yanada kamaytirish va og‘ir hamda o‘ta og‘ir jinoyatlar sodir etilishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab o‘tildi.