Manzilli dastur va tuman hokimligi tashabbusi bilan “Yangi shahar” mahallasidagi ko‘p qavatli uylarga tutash bo‘lgan hududlar obodonlashtirildi.
Xususan 11 ta ko‘p qavatli uylar joriy ta’mirlandi. Ko‘p qavatli uylar yonidan o‘tuvchi 1 km masofadagi ichki yo‘llar asfalt yotqizilib ravon yo‘lga aylantirildi. 1 km masofaga ichimlik suvi quvurlari tortilib, ichimlik suvi ta’minoti yaxshilandi. Shu bilan birga, hududdagi mavjud hojatxonalar o‘rnida zamonaviy talablarga to‘liq javob beradigan yangi hojatxona qurilishi amalga oshirildi.
Muhtaram Prezidentimiz tomonidan mahallalarning infratuzilmasini yaxshilash va obod maskanga aylantirish borasida olib borayotgan islohatlar zamirida xalqimizni rozi qilishdek oliy maqsad mujassamdir.