#Kotibiyat_mudiri_faoliyati
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov tomonidan Payariq tumani “Beshqoʻrgʻon” mahallasidagi 16-son umumta’lim maktabida amalga oshirilgan rekonstruksiya ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.
O‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PQ-454-sonli “2025–2027-yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida amalga oshirilgan qurilish ishlari ko‘zdan kechirildi.
O‘rganish jarayonida qurilish ishlarining sifati, bajarilgan ishlar hajmi hamda amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|