35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Payariq tumanidagi Xalq qabulxonasining 2026-yil I yarim yilligi davomida tumandagi davlat organlari va tashkilotlar rahbarlari faoliyati hamda murojaatlar bilan ishlash holati yuzasidan axboroti yuzasidan doimiy komissiya qarori qabul qilindi.
янв.21
Xalq deputatalari Payariq tumani Kengashi deputati tomonidan Gaz ta’minoti Payariq filiali boshlig‘i A. Uralovga deputatlik so'rovi yuborildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi tomonidan 20-24-iyul kunlari belgilangan ish rejasining ijrosi doirasida bir qator ishlar amalga oshirildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov tumani Yuqumli kasalliklar bo‘limiga yaqindan suhbatlashdi.
янв.21
2026-yilning I yarim yilligida tumanda qonuniylikni mustahkamlash, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish, fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda sud va boshqa organlar hujjatlari ijrosi holati to‘g‘risida doimiy komissiya qarori qabul qilindi.
янв.21
Deputat Musurmanov Maqsud Musurmon o'g'li so‘roviga tuman elektr tarmoqlari UK boshlig‘i B.Ulug‘murodovdan javob olindi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati tomonidan Payariq tumani Elektr tarmoqlari korxonasi boshlig‘i B.Ulug‘murodovga deputatlik so‘rovi yuborildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashiga 21-Zarafshon saylov okrugidan saylangan deputat Sh.Mirzaqulov va kotibiyat bosh mutaxassisi M.Shovqiddinovlar tomonidan o'rganish olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 15-Toshhovuz saylov okrugidan saylangan deputati F.Dehkonova tomonidan Mirzo Ulug‘bek mahallasida fuqaro murojaati joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Djamolova Lola Djalilovnaning deputatlik so‘roviga tuman birlashmasi boshlig‘i D.Jurayevdan javob olindi.
🏛 XALQ DEPUTATLARI TUPROQQAL’A TUMANI KENGASHI FAOLIYATI

📥 1-BLOK: SESSIYALAR VA QABUL QILINGAN QARORLAR
8 ta — O‘tkazilgan sessiyalar soni
63 ta — Ko‘rib chiqilgan masalalar va qabul qilingan qarorlar
Shundan:
2 ta — Normativ-huquqiy xususiyatga ega qarorlar
23 ta — Mahalliy davlat boshqaruvi organlari rahbarlarining eshitilgan hisobotlari
4 ta — Eshitilgan axborotlar
⚡️ Intizomiy chora:
Faoliyati qoniqarsiz deb topilgan 1 nafar mansabdor shaxsga nisbatan chora ko‘rish bo‘yicha taklif kiritildi va ijrosi ta’minlandi.

🗳 2-BLOK: DEPUTATLIK FAOLIYATI VA DEPUTAT SO‘ROVLARI
74 ta — Jami yuborilgan deputat so‘rovlari
52 ta (70,2%) — Ijobiy hal etilgan deputat so‘rovlari
22 ta (29,8%) — O‘rganish jarayonida yoki javob berilgan
107 marta — Saylovchilar bilan o‘tkazilgan uchrashuv va qabullar
105 ta — Uchrashuvlarda ko‘tarilgan muammolar
93 ta (89,5%) — Ijobiy hal etilgan muammolar

✉️ 3-BLOK: KENGASHGA MUROJAATLAR BILAN ISHLASH
65 ta — Kengash tomonidan ko‘rib chiqilgan murojaatlar
48 ta (73,8%) — Ijobiy hal etilgan murojaatlar
9 ta (13,8%) — Qonuniy tushuntirish berilgan murojaatlar
8 ta (12,4%) — O‘rganish jarayonida

📊 4-BLOK: QABUL QILINGAN QARORLARNING SOHALAR BO‘YICHA TAQSIMOTI
(Jami: 63 ta qaror)
Mahalliy budjet va iqtisodiyot — 21 ta (33,3%)
Agrar soha masalalari — 18 ta (28,6%)
Sud-huquq sohasi — 11 ta (17,5%)
Ijtimoiy soha va yoshlar masalalari — 10 ta (15,9%)
Odob-axloq masalalari — 3 ta (4,7%)
Muqobil tasnif bo‘yicha:
Takroriy va nazorat masalalari — 21 ta
Nazorat-tahlil tadbirlari doirasidagi masalalar — 4 ta
Kengash vakolatiga doir boshqa masalalar — 25 ta
Turli sohalarga oid masalalar — 13 ta

🛠 5-BLOK: AMALIY KO‘MAK VA IJTIMOIY QO‘LLAB-QUVVATLASH
Kengash va deputatlar tashabbusi bilan:
29 nafar — Fuqaroning bandligi ta’minlandi
18 ta — Oilaning uy-joyi ta’mirlandi
11 nafar — Moddiy yordam ko‘rsatildi
13 nafar — Dori-darmon va protez-ortopediya vositalari bilan ta’minlandi
18 nafar — Nogironligi bo‘lgan shaxslarga amaliy yordam ko‘rsatildi
6 nafar — Kredit va subsidiya olishda ko‘maklashildi
3 nafar — Talabalarning kontrakt to‘lovi amalga oshirildi
41 ta — Mahallalarda keksalar uchun ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi

🌐 6-BLOK: OCHIQLIK VA OAV BILAN HAMKORLIK
750 dan ortiq — Internet tarmoqlarida e’lon qilingan material va chiqishlar
17 marta — Respublika bosma nashrlari hamda tele va radiokanallardagi chiqishlar
5 marta — Mahalliy ommaviy axborot vositalarida yoritilgan materiallar

🎯 7-BLOK: KENGASHNING ASOSIY VAZIFALARI
Deputatlik nazorati — Ijro hokimiyati organlari faoliyati ustidan deputatlik nazoratini yanada kuchaytirish.
Saylovchilar bilan muloqot — Mahallalarda aholi muammolarini joyida o‘rganish va ijobiy hal etish tizimini takomillashtirish.
Budjet nazorati — Mahalliy budjet mablag‘larining maqsadli va samarali sarflanishi ustidan nazoratni kuchaytirish.
Ijtimoiy himoya — Kam ta’minlangan oilalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va yoshlarni qo‘llab-quvvatlash choralarini davom ettirish.

Ochiqlik va shaffoflik — Kengash faoliyatini internet tarmoqlari va ommaviy axborot vositalarida muntazam yoritib borish.