35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J. Axunovning kunlik ish rejasiga muvofiq, tuman Kengashining 6-Farovon saylov okrugidan saylangan deputati N.Ochilova bilan birgalikda Go‘zal mahallasida 2025-yilda qabul qilingan 665-sonli Kengash qarori ijrosi yuzasidan o‘rganish olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 16-Mustaqillik saylov okrugidan saylangan deputati M.Kazakova tomonidan Xo‘jaobod mahallasida faoliyat yuritayotgan ijtimoiy xodimning xizmat faoliyati o‘rganildi. Mazkur o‘rganish navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan masala doirasida amalga oshirildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 6-Farovon saylov okrugidan saylangan deputati N.Ochilova, tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi N.Jazilov hamda tuman Obodonlashtirish boshqarmasi xodimi mahallada bo‘lib, hududdagi obodonlashtirish ishlari va maishiy chiqindilarni to‘plash holatini ko‘zdan kechirdi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 6-Farovon saylov okrugidan saylangan deputati N.Ochilova tomonidan Alisher Navoiy mahallasida oilaviy masala yuzasidan murojaat joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi bosh mutaxassisi M.Shovqiddinov hamda "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi direktori o‘rinbosari tomonidan 11-Emalach saylov okrugida joylashgan 7-son umumiy o‘rta ta’lim maktabi ko'zdan kechirildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi kotibi M.Musurmanov tomonidan 54-son umumta’lim maktabida davlat dasturi asosida barpo etilayotgan qo‘shimcha bino qurilishi ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining “Payariq tumanida obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan kо‘rsatiladigan obodonlashtirish va maishiy chiqindi olib chiqish xizmatlari uchun tо‘lov tariflari miqdorini tasdiqlash tо‘g‘risidagi”gi qaror loyihasi regulation.gov.uz jamoatchilik muhokamasi portaliga joylashtirildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J. Axunovning kunlik ish rejasiga muvofiq, tuman Kengashining 6-Farovon saylov okrugidan saylangan deputati N.Ochilova bilan birgalikda Go‘zal mahallasida fuqaroning murojaati joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida muhim masala ko‘rib chiqildi
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash va huquqiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zosi X.Xudayberdiyeva tomonidan Navro‘z mahallasidagi 87-son umumta’lim maktabida fuqarolar murojaatlari o‘rganildi.
Veterinariya sohasi bo‘yicha sessiya oldi o‘rganishlar davom etmoqda

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga tuman veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi boshlig‘ining hisoboti kiritilganligi munosabati bilan deputatlar hamda kotibiyat mas’ullari tomonidan joylarda sessiya oldi o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Jumladan, Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi E. Turayev Qorasuv mahallasida fuqarolar xonadonlariga tashrif buyurib, veterinariya xizmatlari amaliyoti bilan yaqindan tanishdi.

O‘rganish davomida chorva mollarini ro‘yxatga olish, veterinariya pasportlarini yuritish hamda xizmatlar ko‘rsatilish holati o‘rganilib, mavjud masalalar yuzasidan fuqarolar fikrlari tinglandi.

Aniqlangan holatlar bo‘yicha veterinariya sohasini yanada takomillashtirish, xizmatlar sifatini oshirish hamda aholi murojaatlarini tezkor hal etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 2