Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov hamda Toxirshayx mahallasi raisi ishtirokida mahallada amalga oshirilayotgan infratuzilma loyihalari holati joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 22-To‘polos saylov okrugidan saylangan deputati X.Raxmonova tomonidan Oqqo‘rg‘on mahallasida fuqaro murojaati joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov hamda tuman hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari M.Alibekov tomonidan Baxrin mahallasida ikkinchi ekinlar yetishtirilayotgan maydonlar joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Yig‘ilishda "Kambag‘allikdan farovonlik sari" dasturi doirasida kambag‘al oilalarni qo‘llab-quvvatlash, aholi bandligini ta’minlash, faol nuroniylarni jalb etish va tomorqalardan samarali foydalanish borasida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi.
янв.21
N.Parmanovaning deputatlik so‘roviga tuman elektr tarmoqlari UKboshlig‘i B.Ulug‘murodovdan javob olindi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi o‘rinbosari Sh.Mirzaqulov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi N.Jazilov tomonidan tumani tibbiyot muassasasi hududida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va tozalik ishlari o‘rganildi.
янв.21
Kasimova Saodat Shirinbayevnaning deputatlik so‘roviga tuman elektr tarmoqlari UKboshlig‘i B.Ulug‘murodovgadan javob olindi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 7-Boshcho‘rosh saylov okrugidan saylangan deputati J. Axunov tomonidan Boshcho‘rosh mahallasi hududida amalga oshirilayotgan "Mening bog‘cham" loyihasi deputatlik nazorati tartibida o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash va huquqiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiyasi kotibi N.Ochilova tomonidan tuman Davlat xizmatlari markazi faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 7-Boshcho‘rosh saylov okrugidan saylangan deputati J.Axunov hamda "Samarqand suv ta’minoti" MChJ Payariq tuman filiali boshlig‘i J.Abdullayev tomonidan Xosa mahallasida ichimlik suvi ta’minoti holati joyiga chiqib o‘rganildi.
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

 📌 Sherobod tumanida deputat va mahalla yettiligi uchrashuvi

🤝 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 3-Poshxurt saylov okrugi deputati I. Nuriddinov deputatlik faoliyatining ustuvor 24 yo‘nalishi doirasida “Chorbog‘” mahalla fuqarolar yig‘ini yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazdi.

💬 Uchrashuv davomida mahallada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan dolzarb masalalar muhokama qilindi. Jumladan:

🔹 aholi bandligini ta’minlash;

🔹 tomorqa yerlaridan samarali foydalanish;

🔹 mahallani obodonlashtirish;

🔹 xotin-qizlar muammolarini hal etish;

🔹 kam ta’minlangan oilalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash.

🏗️ Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 28-martdagi PQ–141-son qarori asosida Islom taraqqiyot banki ishtirokida amalga oshirilayotgan “Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” loyihasining ikkinchi bosqichi doirasida olib borilayotgan ishlar o‘rganildi.

✅ Bunday uchrashuvlar mahallalarda mavjud muammolarni joyida o‘rganish, ularni hal etish bo‘yicha amaliy choralarni belgilash hamda aholi bilan ochiq muloqotni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 5