35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 6-Farovon saylov okrugi deputati N.Ochilova tomonidan navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan o‘rganish olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsiz masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov hamda 1-Do‘stlik saylov okrugidan saylangan deputat O‘.Omonov kunlik ish rejasiga muvofiq Oqtosh mahallasidagi 12-son oilaviy poliklinikada bo‘lib, muassasa faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishida ushbu masala ko‘rib chiqildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 1-Do‘stlik saylov okrugidan saylangan deputati O‘.Omonov tomonidan Oqtosh mahallasida fuqarolarning murojaatlari o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 17-Tomoyrot saylov okrugidan saylangan deputati X.Xudayberdiyeva hamda Yoshlar maslahat guruhi a’zosi F.O‘ktamov tomonidan Ilg‘or mahallasidagi 75-sonli maktabda fuqarolar murojaatlari o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 1-Do‘stlik saylov okrugidan saylangan deputati O‘.Omonov tomonidan Oqtosh mahallasida fuqarolarning murojaatlari o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi B.Shakarov hamda tuman hokimining qurilish masalalari bo‘yicha bosh mutaxassisi tomonidan Buston ko‘chasida amalga oshirilayotgan qurilish ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 1-Do‘stlik saylov okrugidan saylangan deputati O‘.Omonov tomonidan Oqtosh mahallasida fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Ichimlik suvi tarmog‘idagi nosozliklar bartaraf etildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan Ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasidan saylangan deputat M.Mirabdullayev tomonidan tumanning “Besh-tut” mahallasi 12-ko‘p qavatli uyning ichimlik suvi ta’minotidagi nosozliklarni bartaraf etish ishlari o‘rganildi.

O‘rganish davomida mahalladagi ichimlik suvi tarmog‘ining ayrim qismida texnik nosozliklar kuzatilgani, bu esa aholiga suv yetkazib berish jarayonida muayyan qiyinchiliklarni keltirib chiqarayotgani ma’lum bo‘ldi. Muammoni tezkor bartaraf etish maqsadida mutasaddi tashkilotlar tomonidan nosoz holatga kelgan quvur tarmog‘ini ta’mirlash va eskirgan qismini yangisiga almashtirish ishlari tashkil etildi.

Jumladan, suv tarmog‘ining 6 metr qismi to‘liq yangilanib, zamonaviy va sifatli quvurlar o‘rnatildi. Ta’mirlash ishlari jarayonida quvurlarning ulanish nuqtalari, suv bosimi hamda texnik talablarga muvofiqligi alohida nazorat qilindi. Deputat amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishar ekan, aholini qiynab kelayotgan muammolarni o‘z vaqtida hal etish, qurilish-montaj ishlarida sifat talablariga qat’iy rioya qilish va ishlar belgilangan muddatlarda yakunlanishi yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berdi.

Slide 1 of 3