35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
2026-yilning I yarim yilligida tumanda qonuniylikni mustahkamlash, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish, fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda sud va boshqa organlar hujjatlari ijrosi holati to‘g‘risida doimiy komissiya qarori qabul qilindi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati tomonidan Payariq tumani Elektr tarmoqlari korxonasi boshlig‘i B.Ulug‘murodovga deputatlik so‘rovi yuborildi.
янв.21
Deputat Musurmanov Maqsud Musurmon o'g'li so‘roviga tuman elektr tarmoqlari UK boshlig‘i B.Ulug‘murodovdan javob olindi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashiga 21-Zarafshon saylov okrugidan saylangan deputat Sh.Mirzaqulov va kotibiyat bosh mutaxassisi M.Shovqiddinovlar tomonidan o'rganish olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 15-Toshhovuz saylov okrugidan saylangan deputati F.Dehkonova tomonidan Mirzo Ulug‘bek mahallasida fuqaro murojaati joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Djamolova Lola Djalilovnaning deputatlik so‘roviga tuman birlashmasi boshlig‘i D.Jurayevdan javob olindi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov hamda 1-Do‘stlik saylov okrugidan saylangan deputat O‘.Omonov tomonidan Oqtosh mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 17-Tomoyrot saylov okrugidan saylangan deputati X.Xudayberdiyeva hamda Yoshlar maslahat guruhi a’zosi F.O‘ktamov tomonidan Ilg‘or mahallasidagi 75-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 1-Do‘stlik saylov okrugidan saylangan deputati O‘.Omonov tomonidan Oqtosh mahallasida mahalla bank agenti xodimi bilan uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 6-Farovon saylov okrugidan saylangan deputati N.Ochilova tomonidan Kengashning navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan 2026-yilning birinchi yarim yilligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual va Xalq qabulxonalariga kelib tushgan jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash holati hamda tuman rahbarlari tomonidan o‘tkazilgan sayyor va shaxsiy qabullar tahlili yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganishlarning navbatdagi manzili – Toshkent shahar 2-tumanlararo Perinatal markazi akusherlik qabul bo‘limi

#deputatlar_nazorati #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati #Sessiya_oldi_organish #Namunaviy_komissiya_qarorlari

🏥 O‘rganishlarning navbatdagi manzili – Toshkent shahar 2-tumanlararo Perinatal markazi akusherlik qabul bo‘limi

🏛 Kun davomida olib borilgan o‘rganishlar navbatdagi manzil sifatida Toshkent shahar 2-tumanlararo Perinatal markazi akusherlik qabul bo‘limida davom ettirildi. Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zolari, shahar Kengashi deputatlari hamda Kengash kotibiyati xodimlari tomonidan namunaviy doimiy komissiya qarorlarida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan joylardagi o‘rganishlar doirasida mazkur muassasa faoliyati atroflicha tahlil qilindi.

📖 O‘rganishlar O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, "Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida"gi Qonun, sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirishga qaratilgan Prezident farmon va qarorlari hamda Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 2026-yil 17-martdagi VII-20-26-14-0-K/26-son qarori ijrosi doirasida olib borildi.

👩‍⚕️ Perinatal markaz rahbariyati deputatlarni akusherlik qabul bo‘limi faoliyati bilan tanishtirib, homilador ayollarni sutkaning 24 soati davomida qabul qilish tizimi, ona va homila holatini baholash, shoshilinch akusherlik-ginekologik yordam ko‘rsatish, zamonaviy tibbiy uskunalardan foydalanish, tug‘ruq zali, operatsion blok va reanimatsiya bo‘limlari bilan uzviy ishlash mexanizmi hamda yuqori xavf guruhidagi homiladorlarga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar haqida batafsil ma’lumot berdilar.

🔺 O‘rganish davomida deputatlar tomonidan tavsiyaviy savolnomada belgilangan qator masalalar yuzasidan mutasaddilarga bevosita savollar berildi. Jumladan, davlat dasturlarining ijrosi, kasalliklar profilaktikasi va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, birlamchi tibbiy-sanitariya yordami bilan uzviy hamkorlik, homilador ayollarni kuzatish va patronaj tizimi, shoshilinch tibbiy yordam (103) xizmati bilan hamkorlik, tibbiyot xodimlarining malakasi va ilmiy salohiyati, moddiy-texnik ta’minot, zamonaviy tibbiy uskunalarga mavjud ehtiyoj, raqamlashtirish jarayonlari, elektron platformalardan foydalanish, korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, bemorlar uchun yaratilgan sharoitlar hamda Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining VII-20-26-14-0-K/26-son qarori ijrosi yuzasidan batafsil ma’lumotlar so‘raldi.

💬 Mutasaddilar tomonidan deputatlarning savollariga atroflicha javob berilib, bugungi kunda markazda homilador ayollarni qabul qilish, saralash va yo‘naltirish jarayonlari amaldagi klinik protokollar asosida tashkil etilgani, shoshilinch holatlarda tibbiy yordam uzluksiz ko‘rsatilayotgani, zamonaviy diagnostika uskunalaridan samarali foydalanilayotgani hamda raqamli texnologiyalarni keng joriy etish bo‘yicha ishlar izchil davom ettirilayotgani ta’kidlandi. Shuningdek, mavjud ehtiyojlar va tizimni yanada takomillashtirish bo‘yicha rejalashtirilgan chora-tadbirlar yuzasidan ham ma’lumotlar berildi.

🤝 Shundan so‘ng deputatlar markazga murojaat qilgan fuqarolar va ularning yaqinlari bilan suhbatlashib, ularga yaratilgan sharoitlar, tibbiy xizmat sifati, kutish xonalari, tibbiyot xodimlarining muomalasi hamda mavjud muammolar yuzasidan fikr-mulohazalarini tingladilar. Bildirilgan murojaat va takliflar asosida ayrim masalalar joyida muhokama qilinib, ularni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

🔎 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputatlari tomonidan sog‘liqni saqlash muassasalarida olib borilayotgan o‘rganishlar davom etmoqda. Har bir o‘rganish natijasida aniqlangan muammo va takliflar tizimli ravishda umumlashtirilib, ularning amaliy yechimini ta’minlash hamda aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini yanada oshirish yuzasidan tegishli choralar ko‘rilmoqda.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 10