35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov Baxrin mahallasi fuqarolar yig‘ini raisi ishtirokida mahalladagi ichimlik suvi ta’minoti holati bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati N.Parmanova tomonidan Tuman Yo‘llardan foydalanish UK direktori A.Ashurovga deputatlik so‘rovi yuborildi.
янв.21
Yoshlar maslahat guruhi a’zosi F.O‘ktamov hamda tumani hokimi o‘rinbosari E.Mamadiyorov tomonidan hududdagi piyodalar yo‘laklarida yaratilgan shart-sharoitlar o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi tomonidan 27-31-iyul kunlari belgilangan ish rejasining ijrosi doirasida bir qator ishlar amalga oshirildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi tomonidan 27-31-iyul kunlari belgilangan ish rejasining ijrosi doirasida bir qator ishlar amalga oshirildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining navbatdagi 29-sessiyasida viloyat Kengashi deputatlari Nurmatova Nilufar Ziyadullayevna, Yusupova Zebiniso Abdusattorovna hamda Norboyeva Sohiba Otakulovnalar ishtirok etishdilar.
янв.21
Payariq tumanida 2026-yilning I yarim yilligida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida tuman hokimi Xudayberdiyev Shunqor Farmonovichning hisoboti sessiya kun tartibida ko'rib chiqildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov kunlik ish rejasiga muvofiq, Baxrin mahallasi fuqarolar yig‘ini raisi ishtirokida Baxrin mahallasining Yuqori Baxrin qishlog‘ida bo‘ldi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi sessiyasi ishida ovozlarni hisoblash, ovoz berish natijalarini aniqlash hamda nizoli masalalarni hal etish maqsadida deputatlar orasidan sanoq komissiyasi tuzildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi sessiyasida sessiya kotibi etib 21-Zarafshond saylov okrugidan saylangan deputat Mirzaqulov Shoxrux Urinovich nomzodi taklif etildi va deputatlar tomonidan tasdiqlandi.
Yangi maktabgacha ta’lim muassasasi qurilishi deputat nazoratida

Yangi maktabgacha ta’lim muassasasi qurilishi deputat nazoratida
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati B.Mirzabekov hamda tuman hokimining birinchi o‘rinbosari A.Meliboyev tomonidan Saroy mahalla fuqarolar yig‘ini hududida yangidan barpo etilayotgan maktabgacha ta’lim muassasasi qurilish ishlarining borishi o‘rganildi.
O‘rganish davomida qurilish ishlarining sifati, belgilangan loyiha talablariga rioya qilinishi, qurilish materiallarining sifati, ob’yektning belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirilishi hamda qurilish jarayonida mehnat xavfsizligi talablariga amal qilinishi yuzasidan atroflicha tahlil olib borildi.
Shuningdek, mutasaddi tashkilotlar va pudratchi vakillari bilan suhbat o‘tkazilib, aniqlangan ayrim masalalarni o‘z vaqtida bartaraf etish, qurilish ishlarini sifatli va jadal sur’atlarda davom ettirish bo‘yicha tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.

Slide 1 of 3