Mas’ullar mahalla faollari hamda "mahalla yettiligi" (ayniqsa, hokim yordamchisi) ishtirokida hududda aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdilar.
💬O‘rganish va tahlil doirasida quyidagi masalalarga e’tibor qaratildi:
🟢Bo‘sh ish o‘rinlariga yo‘naltirish: Mahalladagi ishsiz fuqarolar, ayniqsa, yoshlar va xotin-qizlarning aniq ro‘yxati ("daftarlar" kesimida) hamda ularni hududdagi mavjud bo‘sh (vakant) ish o‘rinlariga joylashtirish samaradorligi;
🟢Subsidiyalar va asbob-uskunalar nazorati: O‘zini o‘zi band qilmoqchi bo‘lgan fuqarolarga davlat tomonidan ajratilgan imtiyozli kreditlar hamda subsidiyali asbob-uskunalar (tikuv mashinalari, pishiriq pechlari, asboblar va b.) manzilli yetib borganligi hamda ulardan qay darajada samarali foydalanilayotganligi;
🟢Kasb-hunarga o‘qitish qamrovi: Ishsiz xotin-qizlar va yoshlarni mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan zamonaviy kasb-hunarlar hamda tadbirkorlik ko‘nikmalariga bepul o‘qitish ishlarining bugungi holati.
💬 Muloqot davomida mas’ullar mahalla faollariga har bir xonadonga kirgan holda real ishsizlar bilan manzilli ishlash, oilaviy tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda har bir ajratilayotgan davlat ko‘magining natijadorligini nazorat qilish yuzasidan aniq tavsiyalar berishdi.