O‘rganish “Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan joylarda olib borilayotgan monitoring tadbirlari doirasida tashkil etildi. Unda o‘quvchilarning yozgi ta’til davrini mazmunli va samarali tashkil etish, ularning bo‘sh vaqtini foydali mashg‘ulotlar bilan band etish hamda jismoniy va ma’naviy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash maqsadida yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishildi.
Oʻrganishda markazda bolalar uchun tashkil etilgan to‘garaklar, sport va madaniy-ma’rifiy mashg‘ulotlar, dam olish jarayonlari hamda xavfsizlik va sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, yozgi sog‘lomlashtirish markazining faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha mas’ullar bilan fikr almashilib, tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.