#Kengash_sessiyalariga_oid
Payariq tumani budjetining qoʻshimcha manbalari hisobidan mablagʻlarni yoʻnaltirish toʻgʻrisida Kengash qarori tasdiqlandi.
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 2026-yil 19-iyundagi VII-28-79-7-100-K/26-sonli qaroriga muvofiq, Payariq tumani budjetining qoʻshimcha manbalari hisobidan mablagʻlar yoʻnaltirilmoqda.
Qarorning 1-ilovasi 7-bandiga asosan, Payariq tumani Qishloq xoʻjaligi boʻlimida mavjud asosiy vositalarning eskirganligi hamda faoliyatni zamonaviy texnika bilan taʼminlash maqsadida 44 million soʻm mablagʻ ajratildi.
Mazkur mablagʻ hisobidan zarur texnika vositalari xarid qilinib, bo‘limning moddiy-texnik bazasi mustahkamlanadi. Bu esa qishloq xoʻjaligi sohasidagi ishlarni samarali tashkil etish hamda aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada oshirishga xizmat qiladi.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|