#Doimiy_komissiya_faoliyati
#19_1_modda
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi M.Nurmanova hamda tumani Kengashining 6-Farovon saylov okrugidan saylangan deputat N.Ochilova tomonidan xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning bandligini ta’minlash, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollarga ko‘mak berish, oilalarda ma’naviy-axloqiy muhitni mustahkamlash hamda sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish masalalari yuzasidan fikr va mulohazalar bildirildi.
Shuningdek, hududlarda uchrayotgan muammolarni tizimli o‘rganish, ularni bartaraf etishga qaratilgan amaliy choralarni kuchaytirish hamda mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar ilgari surildi.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|