#Doimiy_komissiya_faoliyati
#19_1_modda
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash va huquqiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi S.Maxkamov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi N.Jazilov tomonidan tuman Madaniyat bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari F.Ashirovning faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish davomida "Axborot olish kafolatlari va erkinligi to‘g‘risida" O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (1997-yil 24-aprel, 400-I-son) talablari asosida faoliyatning ochiqligi va fuqarolarning axborot olish huquqini ta’minlash masalalari ko‘rib chiqildi.
Yakunda aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, faoliyat samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha vazifalar belgilandi.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|