Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J. Axunovning kunlik ish rejasiga muvofiq hamda “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti Payariq tumani rahbari O‘. Egamberdiyev ishtirokida O'ymovut mahallasida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari o‘rganildi.
янв.21
Payariq tumani budjetining qoʻshimcha manbalari hisobidan mablagʻlarni yoʻnaltirish toʻgʻrisida Kengash qarori tasdiqlandi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi M.Nurmanova, tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i G.Israilova hamda tegishli tashkilotlar mas’ullari ishtirokida xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va ularning bandligini ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 2026-yil 25-maydagi VII-27-61-7-100-K/26-sonli qarori bilan tasdiqlandi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 10-Darvishiq saylov okrugidan saylangan deputati A.Maxammatov, tuman Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunovning kunlik ish rejasiga muvofiq hamda “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti Payariq tumani rahbari O‘. Egamberdiyev ishtirokida Qirqovul mahallasida tadbirkorlik subyektlari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 6-Farovon saylov okrugidan saylangan deputati N.Ochilova tomonidan Go‘zal mahallasida xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, ularning murojaatlari va muammolarini o‘rganish bo‘yicha ish olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash va huquqiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi S. Maxkamov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi N. Jazilov tomonidan O‘zbekiston mahallalari uyushmasi tuman bo‘limida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash holati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi A.Maxammatov, tuman Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov hamda “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti tuman rahbari O‘. Egamberdiyev tomonidan Qirqovul mahallasidagi “Qirqovul” oilaviy shifokorlik punktida olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 6-Farovon saylov okrugidan saylangan deputati N.Ochilova tomonidan Go‘zal mahallasida olib borilayotgan obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 10-Darvishiq saylov okrugidan saylangan deputat A.Maxammatov, tuman Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov hamda “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti tuman rahbari O‘.Egamberdiyev ishtirokida Qirqovul mahallasida fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Xalq deputatlari Yangihayot tuman Kengashi kotibiyati faoliyati atroflicha o‘rganildi

#deputatlar_nazorati #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️ Xalq deputatlari Yangihayot tuman Kengashi kotibiyati faoliyati atroflicha o‘rganildi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi kotibiyati mudiri Davronbek Ravshanbekov boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan Xalq deputatlari Yangihayot tuman Kengash kotibiyati xodimlari ishtirokida kotibiyat faoliyati joyiga chiqib atroflicha o‘rganildi.

📝 O‘rganish jarayonida deputatlar faoliyatini tashkiliy ta’minlash, sessiyalarni yuqori saviyada tayyorlash va o‘tkazish, doimiy komissiyalar faoliyatini samarali muvofiqlashtirish, deputatlik so‘rovlari va nazorat tadbirlarini qonunchilik talablariga muvofiq rasmiylashtirish, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash tizimi, saylov okruglarida olib borilayotgan o‘rganishlar, deputatlarning haftalik va oylik ish rejalari ijrosi hamda ularning monitoringini tashkil etish holati batafsil tahlil qilindi.

🔎 Shuningdek, deputatlar tomonidan hududlarda amalga oshirilayotgan ishlarni ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritish, doimiy komissiyalar, ekspert guruhlari hamda Yoshlar maslahat guruhlari faoliyatini yanada faollashtirish, sessiyalar kun tartibini sifatli shakllantirish, qaror loyihalarini puxta ishlab chiqish va huquqiy ekspertizadan o‘tkazish, qabul qilinayotgan qarorlarning ijrosini samarali monitoring qilish masalalari yuzasidan amaliy tavsiyalar berildi.

🔺 O‘rganish davomida deputatlar faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi bo‘yicha tavsiyalar ijrosini ta’minlash, "Ko‘chama-ko‘cha deputatlik daftarlari"ni belgilangan tartibda yuritish, eng muhim 162 ta qonun ijrosi yuzasidan doimiy komissiyalar faoliyatini tizimli tashkil etish, deputatlar va biriktirilgan davlat organlari hamda tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, hududlarda aniqlanayotgan muammolarni o‘z vaqtida deputatlik nazoratiga olish, ularning yechimi bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish va ijrosini nazorat qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

📊 Shu bilan birga, deputatlik nazoratini kuchaytirish, aholi murojaatlarining tahlili asosida tizimli muammolarni aniqlash, doimiy komissiyalar tomonidan nazorat-tahlil tadbirlarini muntazam tashkil etish, deputatlarning saylovchilar bilan uchrashuvlari samaradorligini oshirish, mahallalarda olib borilayotgan o‘rganishlar natijalari yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish bo‘yicha zarur ko‘rsatmalar berildi.

🖥 O‘rganish jarayonida "E-Kengash" axborot tizimidan foydalanish holati ham batafsil tahlil qilinib, deputatlik so‘rovlari, fuqarolar murojaatlari, sessiya va doimiy komissiya materiallarini tizimga o‘z vaqtida kiritish, qabul qilingan qarorlarni elektron shaklda rasmiylashtirish, hujjatlar aylanishini raqamlashtirish hamda ijro intizomini yanada mustahkamlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.

📋 Shuningdek, kotibiyatda hujjatlar nomenklaturasini yuritish, arxiv ishlarini belgilangan tartibda tashkil etish, deputatlar faoliyatiga oid ma’lumotlar bazasini shakllantirish, tahliliy ma’lumotlar va hisobotlarni o‘z vaqtida tayyorlash, kotibiyat xodimlarining malakasini oshirish hamda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish masalalari ham muhokama qilindi.

📍 O‘rganish yakunida kotibiyat xodimlariga mavjud ijobiy tajribalarni yanada ommalashtirish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, qonunchilikda belgilangan vazifalar ijrosini sifatli ta’minlash, deputatlik nazoratini kuchaytirish, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish hamda mahalliy Kengash faoliyatini yangi bosqichga olib chiqish yuzasidan tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 7